Tashkiliy madaniyat.U o'zgarishlarni o'tkazishda g'oyatda muhim rol o'ynaydi. Shuni hisobga olish kerakki, tashkiliy madaniyatni o'zgartirish judayam qiyin, va bu narsa o'zgarishlarni borishida jiddiy to'siq bo'lishi mumkin. Mavjud tashkiliy madaniyat egiluvchanlik elementlariga egaligiga, ya'ni xodimlarning hulqning bir xil odatlar, qadriyatlar va modellaridan boshqalariga osonlik bilan o'tishga imkon beradimi yoki yo'qligiga tashxis quyilishi kerak.
Resurslarning cheklanganligi. Gap shundaki, har qanday o'zgarish mablag' lar va vaqt, malakali xodimlar, boshqa resurslarning xarajatlarini, ba'zida juda katta sarflanishini talab qiladi. Ularning mavjud bo'lishi ko'proq darajada muvofiqligini belgilab beradi.