Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


Rejalashtirilayotgan o'zgarishlar modeli



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə64/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#41141
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Tashkilotlar va ularni boshqarish

Rejalashtirilayotgan o'zgarishlar modeli. Ishlab chiquvchilar -R.Lippit, J.Uotson va B.Uestli. Ushbu model menejerlar va tashkilot uchun tashqi bo'lgan maslahatchilarni yaqindan hamkorligini ko'zda tutadi. Bunda ular tashkilot haqidagi barcha mavjud axborotlarni erkin almashtirishlari kerak.

Ushbu model rejalashtiralayotgan o'zgarishlarning asosiy pallalarni belgilab beradi, ular bir biridan keyin kelishlari kerak.

Birinchi palla - muammoni qidirish. Bunda maslahatchilar muammoni mavjudligini ko'rsatadilar va rahbariyatga o'zgarishlarga zaruriyatni namoyish qiladilar. Rahbariyat maslahatchilarni tegishli bo'linmalar rahbarlari bilan uchrashtiradi, o'zgarishlarning zarurligi va maslahatchilarning yordamiga ishonch hosil qiladi.

Ikkinchi palla - jarayonga kirish. Bunda mijozlar va ekspertlar o'rtasidagi hamkorlik rivojlanadi. Keyingilarning ob'yektivligi tekshiriladi.

Uchinchi palla - tashxis qo'yish. To'plagan ma'lumotlar asosida muammoga tashxis qo'yiladi, "tor joyl ar" aniqlanadi.

To'rtinchi palla - rejalashtirish. o'zgarishlarning maqsadlari, kerakli harakatlar, hamda harakatlarga tayyorlik belgilanadi.

Beshinchi palla - harakatlarni amalga oshirish. niyatlarni amaliy faoliyatga aylantirish, yangi hulqni tadbiq etish.

Oltinchi palla - barqarorlashish va natijalarni baholash. Erishilgan natijalarni baholash va keyingi harakatlarni belgilash. O'zgarishlarni butun tashkilotga yoyish, o'zgarishlarni barqarorlashtirish mexanizmini yaratish.

Yettinchi palla - loyihani yopish. "Ekspertlar-tashkilot" munosa-batlarini yakunlash, ekspertlarning mijozlarga kuchli ta'sirini olib tashlash. O'zgartirish bilimini ekspertlardan mijozlarga topshirish.

Tashkiliy o'zgarishlarni o'tkazish usullari. Ularni o'tkazishda shuni hisobga olish kerakki, tashkilotda, tizim sifatida, uning elementlari -tashkiliy madaniyat, odamlar, vazifalar, texnologiyalar va h.k. ning o'zaro aloqasi mavjud. Bunda usullarning quyidagi guruhlari ajratiladi.

Odamlar va madaniyatga qaratilgan usullar. Ular o'zgarishlar jarayonlariga xodimlarning ko'pchiligini faol jalb qilinishi va ishtirok etishlarini ko'zda tutadi.

Vazifalar va texnologiyalarga qaratilgan usullar. Ular bevosita odamlar ishida o'zgarishlarni o'tkazishga e'tibor qaratadilar. Bunda asosiy e'tibor texnologik jarayonlar va aniq ishlarni bajarishda foydalaniladigan qurollarga qaratiladi.

Tuzilmaga qaratilgan usullar. Lavozimlar va rollardagi joy o'zgartirishlarni, hamda hodimlar va bo'linmalar o'rtasidagi aloqalarni o'zgartirishni taqazo qiladilar.

O'zgarishlar dasturlari butun tashkilotni qamrab olishi kerak, bu eskiga qaytishga yo'l qo'ymaydi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin