Konsern — rasmiy jihatdan mustaqil boʻlgan, koʻp tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini oʻz ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma maʼlum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sunʼiy monopoliyalarning sanab oʻtilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Demping (ing . dumping — tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi bozorda tovarlarning oʻz qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar koʻradi. Bu zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablagʻ ajratish yoki davlat byudjetidan hamda soliqlar hisobidan qoplanadi. D. davlat yoki kompaniya tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi va bu yoʻl bilan zarur boʻlgan pul valyuta mablagʻlari tezda toʻplanadi
Dotatsion narx- Bu Davlat xisobidan budjet xisobidan arzonlashtirilgan narxlar
Aylanma kapital – kapital (ishlab chiqarish fondlari)ning har bir ishlab chiqarish siklida "I sarf etiladigan va qiymati ishlab 4 chiqarilgan tovarda toʻliq oʻtadigan qismi. Sarflangan Aylanma kapital miqdori kapi-talning doiraviy aylanishi oxirida tovar sotilishi bilan pul shaklida ishlab chiqaruvchi qoʻliga qaytadi. Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi va boshqa, shuningdek ish kuchi sotib olishga sarflanadigan hara-jatlar Aylanma kapital ga kiradi (qarang Kapital).
Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Trest- (ing. trust) — korxonalar, firmalar birlashmasi. Sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi en yuqori shakli. T. tarkibiga kirgan ishtirokchilar oʻz ishlab chiqarishsavdo mustaqilligini yoʻqotadi va bu sohalardagi faoliyatida markaziy boshqarma qaroriga amal qiladi. Oʻzbekistonda 1930—90 yillarda qurilish, avtomobil transporti, tayyorlov, qishloq xoʻjaligi.ning tashkiliy tuzilmalari (mas., sovxozlar T.i).