Har bir qavatning termik qarshiliklarini o‘lchaymiz.
bu yerda: δu.s. – devor qavatlarining qalinligi, m;
λu.s. – qavatlardagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti.
g‘isht devor uchun: λ= 0,48 Vt/m2 0C.
m2, 0C/Vt
Suvoq uchun: λ= 0,4 Vt/m2, 0C.
m2, 0C/Vt
Rtash- issiqlik o‘tkazuvchanlikdagi tashqi qarshilik (m2. 0C)/Vt (I.5 chi jadvaldan olinadi) [2]
Devorning umumiy issiqlik o‘tkazuvchanlikka qarshiligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
m2, 0C./Vt
bu yerda: - bino devorlarining ichki va tashqi issiqlik o‘tkazuvchanlikdagi qarshiliklari: m2, 0C/Vt ([2] 4 chi va 6 chi jadval)
m2, 0C/Vt
Hisoblangan qarshilikdan talab qilingan qarshilik teng yoki katta bo‘lishi shart. bo‘lganligi uchun qo‘yilgan talabni qanoatlantiradi.
Xonalarda devor va tomlardan issiqlikning yo‘qolishini hisoblash. Ishni quyidagi ketma-ketlikda bajarish maqsadga muvofiqdir. 1. bino qurilish chizmalari, bino konstruksiyasining detallari bilan tanishish: 2. Topshiriq va QMQ me’yorlari asosida hisoblash uchun asosiy ma’lumotlar: xona ichidagi havoning harorati, tashqi havoning xisobiy haroratini shamolning hisobiy tezligini yozib olamiz: 3. “Qurilish issiqlik fizikasi” fani bo‘yicha bajarilgan Kurs loyihaning hisob kitoblari pol konstruksiyasi, shift va devor orqali issiqlik o‘gkazishga haqiqiy qarshiligini tanlab qabul qilib olamiz; 4. Xonalarning to‘siqlari orqali issiqlik yo‘qolishini hisoblash amalga oshiriladi. Qulay bo‘lishi uchun hisoblash ishlari jadval shaklida yoziladi. Hisoblash ishlarini quyidagi ketma-ketliklarda amalga oshiramiz:
Xisob-kitobni tartibga solish qulay bo‘lishi uchun burchak xonalardan boshlab, binoning barcha xonalari qavatlar bo‘yicha nomerlanadi birinchi qavat uchun 101, 102, 103 va hokazo, ikkinchi qavat uchun 201, 202, 203 va hokazo, xuddi shunday tarzda boshqa qavat xonalari xam nomerlanadi. Bu yerdagi birinchi raqam qavatni, ikkinchisi esa xonaning nomerini ko‘rsatadi. Zinapoya xonalarini A, B, V xarflar bilan belgilaymiz:
Xonalarning nomlari va xona ichidagi havoning hisobiy haroratini yoziamiz.
To‘siq konstruksiyalarning o‘lchamlari aniqlanadi va maydoni hisoblab chiqiladi. Konstruksiyalar shartli belgilar bilan qutbga nisbatan joylanishiga qarab yoziladi. Derazaning maydoni 1/Rdev bilan hisob-kitobga kirganini hisobga olgan xolda deraza orqali issiqlikning yo‘qolishi farqi bo‘yicha aniqlaymiz:
To‘siq konstruksiyalarining issiqlik uzatishga qarshiligini yozamiz.
Xonadagi xavoning harorati bilan eng sovuq davrdagi tashqi havoning harorati o‘rtasidagi farq aniqlanadi.
QMQ-2.04.05-97 ilovalari bo‘yicha asosiy issiqlik yo‘qolishiga ulushlar sifatiga qabul qilinadigan qutibga nisbatan joylanishga, ikki va undan ortiq tashqi devorlari, tashqi eshiklarga, infiltratsiyalanadigan tashqi xavoni qizdirishga sarflanadigan issiqlikning qo‘shimcha yo‘qolishini yozib olamiz.
To‘siqlar orqali issiqlik yo‘qolishini aniqlaymiz va chiqqan qiymatlarning xona bo‘yicha barcha issiqlik yo‘qolishining yig‘indisini jamlab yozib olamiz.
Xonalardagi belgilangan xaroratlarni saqlash va isitish uskunalarining issiqlik quvvatini xisoblash uchun xonalardan yo‘qolgan issiqlik miqdorini aniqlash talab etiladi.
Binoning barcha xonalarida issiqlik yo‘qolishini umumiy yig‘indisiga ko‘ra uning solishtirma issiqlik tavsifi aniqlanadi.
Bu yerda: -bino issiqlik yo‘qotishining umumiy yig‘indisi, Vt
V-binoning qurilish xajmi, m3.
- asosiy xonalar uchun xaroratlar hisobiy farqi, oS.
Natijani jadval qiymatlari bilan qiyoslang. Jamoat binolari uchun taxminan 0.3-0.5 ga teng. Agar -ning amaldagi qiymati jadvaldagiga yaqin bo‘lsa, bino yaxshi issiqlik texnikaviy ko‘rsatgichlarga deb aytish mumkin.
Qurilish to‘siqlari orqali asosiy issiqlik yo‘qolishini hisoblash formulasi.
Qurilish konstruksiyalari orqali xonalarning asosiy issiqlik yo‘qolishi QMQ 2.04.05-97 3-chi ilovaga asosan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Vt Bu yerda: F – xona tusiqlarining yuzasi, m2 R0 – xona to‘siqlarining issiqlik o‘tkazuvchanlik qarshiligi m2. 0S/Vt.
tich – ichki xavoning xisobiy xarorati, 0S; burchak xonalarning xaroratiga nisbatan 20Sdan yukori olinadi.
ttash – tashqi xavoning xisobiy xarorati KMK 2.01.01-82 «Kurilish klimatologiyasi va geofizika» 1-jadval, 20-grafadan olinadi
n – xonaning to‘siqlaridan yo‘qolayotgan issiqlikning kamayishini xisoblaydigan koeffitsient [2, 24-bet, 7.2-jadval].
Adabiyotlar:
Boboev S, SHukurov G, Ismanhodjaeva M «Isitish» «YAngi asr avlodi» 2008 y, 298 b.
Rashidov YU.K. «Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyasiya» darslik, Toshkent. «CHo‘lpon» 2010y, 143 b.
Boboev S, SHukurov G, Ismanhodjaeva M «Isitish» «YAngi asr avlodi» 2008 y, 298 b.
Rashidov YU.K., Saidova D.Z. «Issiqlik, gaz ta’minoti v ventilyasiya tizimlari» o‘quv qo‘llanma, TAKI, 2002y. 146 b.
Toshmatov N.U., “Issiqlik gaz ta’minoti tizimlari” Darslik, Toshkent. 2021 yil.
Skanavi A.N., Maxov JI.M.," Otoplenie", - M. ASV 2002 576 str.
Щekin R.V. va bosh. «Spravochnik po teplosnabjeniyu i ventilyatsii». Ch.1. «Otoplenie i teplosnabjenie». Kiev, Budivelnik, 1976.