Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshirish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga, tovar va xizmatlarning eksport va import tuzilmalarini yaxshilashga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatish, valyuta mablagʻlarini toʻplash, valyuta manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
O’ZMILLIYBANK tarixi va asosiy faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning qarori bilan 1991-yil 7-sentabrda tashkil topgan. Oʻz faoliyatini bank 1991-yil yilning 7-oktabridan yuz nafar xodimlarda boshlagan. Milliybankning birinchi idorasi Oxunboboyev koʻchasi 23 uy manzilida joylashgan.
1992-yili bank mamlakat xalqaro hisob-kitoblarining qariyb 95%ini amalga oshiradi, bu dunyoning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlar tarmogʻini rivojlantirishga yordam bergan. Yilning oxiriga kelib ushbu tarmoq 83 nafar xorijiy banklardan iborat boʻlgan. Boshqaruv raisi R. Azimov hukumat tomonidan Oʻzbekiston nomidan ETTB boshqaruvchisi etib tayinlangan. Oʻzbekiston ETTB strategiyasi maʼqullovini olgan MDXdagi toʻrtinchi mamlakat hisoblanadi. ETTB kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi kredit liniyasi bilan ochildi.