Tashqi ta\'sirlarni yumshatish bo\'yicha davlat siyosati
KEYS Stadi. NEGA BENZIN BUNCHALIK OG`IR SOLIQQA TORTILADI? Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi soliq sifatida ko`rilishi mumkin:
Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo`lgan bo`lsangiz, siz ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni kamaytiradi.
Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi (National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko`ra, boshqa mashinaga urilgandan ko`ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda, odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi. Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham hisobga olishga undaydi.
Ifloslanish: benzinga o`xshash yoqilg`ilarni yoqish global isishi sababi deb ko`pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni shubhasiz kamaytiradi.
Shunday qilib, gaz solig`i ko`pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o`rniga, yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo`llar va toza muhitni anglatadi.
Benzinga soliq qanchalik yuqori bo`lishi kerak? Ko`pchilik Yevropa davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda ancha yuqori benzin soliqlarini kiritadi. Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo`yicha tadqiqotlarni xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir bochkaga so`m2.10 edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan.
Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va ijtimoiy yo`qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan hech qachon mashhur bo`lmadi.