Ta’rif 2. Ω elementar hodisalar fazosining ixtiyoriy qism to‘plamiga hodisa deyiladi. Hodisalar lotin alifbosining bosh harflari bilan yoziladi: A, B, C, ...
Ta‘rif 3. Agar A ni tashkil etuvchi biror bir elementar hodisa ro‘y bersa A hodisa ro‘y berdi deyiladi va aksincha.
Hodisalar 3 turga bo‘linadi:
Muqarrar hodisa - Ω harfi bilan belgilanadi;
Tasodifiy hodisa – lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi: A, B, C,...
Mumkin bo‘lmagan hodisa - kabi belgilanadi.
Ta’rif 4. Muayyan shart-sharoit bajarilganda aniq ro‘y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi.
Masalan: yerni tortish kuchi borligi shartida (muayyan shart-sharoit) yuqoriga qarab tashlangan toshni qaytib yerga tushishi muqarrar hodisa bo‘ladi.
Ta’rif 5. Muayyan shart-sharoit bajarilganda ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisaga tasodifiy hodisa deyiladi.
Masalan: Tekis sirtda (muayyan shart-sharoit) tashlangan tangada gerb tomon tushishi tasodifiy hodisa bo‘ladi.
Ta’rif 6. Muayyan shart-sharoit bajarilganda umuman ro‘y bermaydigan hodisaga mumkin bo‘lmagan hodisa deyiladi.
Masalan: yerni tortish kuchi borligi shartida (muayyan shart-sharoit) yuqoriga qarab tashlangan toshni havoda muallaq turib qolishi mumkin bo‘lmagan hodisa bo‘ladi.
Hodisalar ham umuman olganda to‘plam bo‘lgani uchun ular ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish amallarini bajarish mumkin.
T a’rif 7.A va B hodisalarning birlashmasi yoki yig‘indisi deb, ushbu hodisalarning hech bo‘lmaganda bittasining ro‘y berishidan iborat bo‘lgan hodisaga aytiladi va A B kabi belgilanadi.
T a’rif 8. A va B hodisalarning ko‘paytmasi yoki kesishmasi deb, ham A ga ham B ga tegishli bo‘lgan elementar hodisalardan iborat hodisaga aytiladi va A B kabi belgilanadi.