Tasodifiy miqdor tushunchasi va uning turlari. Diskret (uzluksiz) tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni. Ayrim diskret taqsimotlar



Yüklə 108,22 Kb.
səhifə1/3
tarix13.02.2023
ölçüsü108,22 Kb.
#84059
  1   2   3
Uzluksiz tasodifiy miqdor elementlari taqsimotining differensial funksiyasi


Mavzu: Uzluksiz (Diskret) tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari.
Reja:

  1. Tasodifiy miqdor tushunchasi va uning turlari.

  2. Diskret (uzluksiz) tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni.

  3. Ayrim diskret taqsimotlar.

Oldingi mavzularda u yoki bu sonning chiqishidan iborat bo’lgan hodisalar bir necha marta keltirildi. Masalan, shashqol-tosh tashlanganda 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari chiqishi mumkin edi. CHiqqan ochkolar sonini oldindan aniqlab bo’lmaydi, chunki u to’-laligicha hisobga olishning imkoni bo’lmagan ko’pgina tasodifiy sabablarga bog’liq. SHu ma’noda ochkolar soni tasodifiy katta-likdir; 1, 2, 3, 4, 5 va 6 sonlari shu kattalikning mumkin bo’lgan qiymatlaridir.


1.Tasodifiy miqdor deb dastlab ma’lum bo’lmagan, oldindan hisobga olinishi mumkin bo’lmagan tasodifiy sabablarga bog’liq bo’lgan bitta va faqat bitta mumkin bo’lgan qiymatni tajriba na-tijasida qabul qiladigan kattalikka aytiladi.
1-misol. Yuzta chaqaloq ichida o’g’il bolalar soni 0, 1, 2, ... , 100 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miq-dordir.
2-misol. Zambarakdan otilgan snaryadning uchib o’tgan maso-fasi tasodifiy miqdordir. Bu miqdorning mumkin bo’lgan qiy-matlari biror oraliqqa tegishlidir.
Tajribalar natijasida elementar hodisalar ro’y bergani uchun tasodifiy miqdor va elementar hodisa tushunchalarini bog’lab, tasodifiy miqdorning boshqa ta’rifini berish mumkin.
Tasodifiy miqdor deb elementar hodisalar fazosida aniqlangan ( ) funktsiyaga aytiladi.
3-misol. Ikkita tanga tashlanganda chiqqan gerblar soni X 0, 1 va 2 qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miqdordir. Elementar hodisalar fazosi quyidagi elementar ho-disalardan iborat:
, , , .
U holda X quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:
, ,
, .
Tasodifiy miqdorlar bosh lotin harflari, ular-ning mumkin bo’lgan qiymatlari esa mos kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan, X tasodifiy miqdor uchta qiymatga ega bo’lishi mumkin bo’lsa, ular orqali belgilanadi.

Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb ayrim, ajralgan mumkin bo’lgan qiymatlarni ma’lum ehtimolliklar bilan qabul qiluvchi tasodifiy miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miq-dorning mumkin bo’lgan qiymatlarining soni chekli yoki cheksiz bo’lishi mumkin. Bunga misol sifatida 1-misoldagi tasodifiy miqdorni olish mumkin.

Yüklə 108,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin