Ganchkorlik - O'zbekistonda amaliy san'atning eng sevimli va qadimiy turlaridan biridir. Amaliy san'atning bu turida Buxoro va toshkentlik ustalar samarali mehnat qilganlar.
Avvallari devorlar o'yma gulli pannolar bilan bezatilar, taxmonlar qirrasiga naqshlar o'yilardi. Tokchalarbo'lsa, o'ymakor yokijimjima tabaqalar bilan yasatilar, xonaga nur va havo kirib turishi uchun deraza va eshik ustidan tuynuk qo'yib, unga ganch va yog'ochdan panjara o'rnatilar edi. Hozirda qandil, navo, ship kabi me'morchilik detallari ganchlardan tayyorlanmoqda. Shuningdek, madaniyat saroylari, klublar, teatr va uy-joy binolarining ichki va tashqi qismini ko'rishda ganchkorlikdan keng foydalanilmoqda. O'zbek ganchkorligining ajoyib sahifasini Buxoro yaqinidagi «Sitorayi-mohi xossa»dagi «Oq uy»da, Toshkentdagi Navoiy nomli katta opera va balet teatrida ko'rish mumkin. San'atning bu ajoyib va murakkab turida ustalardan Usta Shirin Murodov, Toshpo'lat Arslonqulovlar dong taratganlar. Amaliy san'atning yog'och o'ymakorligi turi xalqlarning ko'pchiligida qadimdan mavjud bo'lib, o'zining boy an'analariga ega. Yog'och o'ymakorligi asarlari eshik, deraza, quti, xontaxta, kitob tokchalari, qutichalar, qanddon, ustunlar, panjaralar, o'yinchoqlarda o'z aksini topgan. O'zbekistonning xalq san'atida yog'och o'ymakorligi salmoqli o'rinni egallaydi. Bu borada Xiva ustalarining ishlari maqtovga loyiqdir. Ular ishlagan asarlar o'simliksimon elementlarning ko'pligi va bo'rttirib ishlanganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Toshkent ustalari esa ko'proq «girih» usulida ishlab, geometrik ornamentlardan ko'p foydalanishadi.
Yog'och o'ymakorligi san'atida musiqa asboblarini bezash ham alohida o'rinni egallaydi. Dutor va tanburlarga, tor va changlarga suyak va sadaflardan qadalgan chiroyli naqshlar kishini hayratda qoldiradi. Bu san'at hozirgi vaqtda Toshkentda keng rivojlangan.
O'ymakorlik san'atining ajoyib turlaridan bin misgarlikdir.
O'zbek misgarligi san'ati juda qadimdan shuhrat qozonib keldi. Sariq va qizil misdan ishlangan turli xil xo'jalik va uy-ro'zg'or buyumlari juda nozik shakllar bilan bezatiladi. Bezatilgan mis asboblar Buxoro, Qo'qon, Samarqand, Qarshi va Xiva shaharlarida ko'proq yasaladi. Misgarlikda bu shaharlar ustalarining o'zicha ishlash uslubi bor. Lagan, patnis, choy idish, oftoba va obdastalar misgarlik buyumlari ichida eng ko'p tarqalgan buyumlardir.
Suyak o'ymakorligi amaliy san'atning shimolda keng tarqalgan turidir. Suyak o'ymakorligi buyumlarining o'ziga xos tayyorlanish uslubi bor. Bunda ish avvalo, zarur materialni topishdan boshlanadi. Keyin materialning notekis joylari egov bilan, mayda jilvir qog'ozda tekislab chiqiladi. So'ngra unga rasm ishlanib, lak surtiladi va naqsh o'yib ishlanadi. Tayyor ishga keyin pardoz beriladi. Tayyor buyum bo'r va spirt bilan artib chiqiladi. Partam, arracha, egov va boshqalar suyak o'ymakorligida qo'llanadigan asboblardir. Suyak o'ymakorligi ustalariota-bobolariningengyaxshian'analarinidavom ettirib, ajoyib asarlar - qutichalar, trubkalar, kichik-kichik haykal va hokazolar yaratmoqdalar.
Qadimdan uy-ro'zg'or buyumlariga bo'yoqlar bilan ajoyib naqshlar ishlanib kelgan. Bu ham naqqoshlik san'ati deb yuritiladi.
Respublikamizda amaliy san'atning bu turi, qadimdan rivojlangan bo'lib, o'zbek ustalari faqat uy-ro'zg'or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat binolarining devor va shiplarini ham bezaydilar. San'atning bu turida har bir xalq o'zicha ijod qiladi. Masalan, rus amaliy san'atida tekislangan yog'ochga usta o'simliksimon naqsh rasmini tushiradi, keyin unga maxsus bo'yoqlar beradi. U bir oz quriganidan so'ng bo'yog'i o'chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lak surtiladi. O'zbek rassom ustalarining ish uslubi boshqacharoqdir. Bu ustalar eskiz bo'yicha duradgor ishlagan yog'ochga yelim surtadilar. Jilvir qog'oz bilan yelim tozalangandan so'ng materialga bronza beriladi. Keyin bronza ustidan ulgi asosida kompozitsion tasvir, uning ustiga qora bo'yoq surtib, naqsh ishlanadi. Naqshlarning o'chib ketmasligi uchun naqsh ustidan bir necha bor toza lak surtiladi.
Xalq ustalari tajribasida naqshning quyidagi turlari ko'proq qo'llanadi: islimi - egri chiziqli o'simlik elementlaridan iborat naqsh; Girih - to'g'ri chiziqli elementlardan geometrik shakl hosil qiluvchi naqsh; murakkab naqsh, bu avvalgi ikki guruhdagi naqsh (islimi va girih) elementlarining yig'indisidan iborat. Islimi turidagi asosiy elementlar novda, yaproq, gul, g'uncha, kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi. Poya va novda turli naqshlarning eng ko'p uchraydigan elementlari hisoblanib, ular naqsh hoshiyalarida qo'llaniladi. Girihlar esa tursimon va yulduzsimon bo'lib, yulduz nurlarining soni 5 tadan 16 tagacha boradi. Naqshning uchinchi turi hisoblangan murakkab naqshda esa naqsh geometrik va o'simlik elementlarining birga qo'shib ishlatilishi natijasida hosil bo'ladi. Bunda geometrik element doimo naqsh o'rtasida joylashadi.
Naqqosh ustalardan A. Qosimjonov, Y.Raufov, T.To'xtaxo'jaev, A.Boltayev, S.Norqo'ziyev va J.Hakimovlar san'atning bu turida samarali mehnat qilib, shuhrat qozonganlar.
Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ularni tegishli ranglarga bo'yash - kulolchilik O'zbekistonda juda qadim zamondan rivojlangandir. Kulolchilik san'ati buyumlariga lagan, tovoq, choynak, piyola, sopol va chinni idishlar, shuningdek, loydan ishlangan o'yinchoqlar kiradi.
Kulolchilik san'atida bezatishning turli usullari qo'llaniladi. Shunday usullardan biri «qalami» usulidir. Bu usulda bezak idishlarga naqshlarning rasmi chizib olinmasdan to'g'ridan-to'g'ri mo'yqalam bilan ishlanaveradi. Bu usulda ko'proq Rishton bilan G'ijduvon ustalari ishlashadi. Ba'zijoylarda ustalar gilvata orqaligul chizib, keyin bo'yoq beriladigan «chizma» usulidan foydalanadilar. Bu usul toshkentlik ustalar orasida ko'p tarqalgan.
O'zbek kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o'simliksimon va geometrik elementlarning boyligi, xilma-xilligi, bo'yoqlar gammasining yorqinligi bilan ajralib turadi. Ularda feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko'p ishlatiladi. Kulolchilik O'zbekiston me'morchiligida ham keng qo'llanilgan. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarning peshtoqlarida xona ichlaridagi devor bezaklarida kulolchilik san'atining namunalari o'z aksini topgan. Hozirgi kunlarda ham kulolchilik jamoat, turar-joy binolarini bezatishda keng qo'llanilmoqda.
Respublikamizda hozirgi kunda bir qator usta kulollarni birlashtirgan bir qator kulolchilik ustaxonalari bo'lib, ular xalqimiz talablariga va didiga mos amaliy san'at buyumlari yaratmoqdalar. O'zbekiston kulolchilik san'atini rivojlantirishda kulollardan U.Jo'raqulov, M. Rahimov, U. Usmonov, I. Nazrullayev va boshqa qator ustalar o'zlarining salmoqli ulushlarini qo'shmoqdalar. Kulolchilik boshqa xalqlar orasida ham keng rivojlangan. O'tgan asflsrda kulolchilik, Moskva gubernasining Gjel shaharchasida keng shuhrat qozondi. Gjel kulolchilik korxonasida o'tmishda ganch, loydan kichik-kichik kompozitsiyalar yaratilib, ularning sujetiga portretlar, turmushda uchraydigan har xil voqealar, hayvonlarni tasvirlovchi o'yinchoqlar asos qilib olinar edi. O'tgan yillarda kulolchilik arteli tashkil qilinib, unda Gjel ustalari ota-bobolarining san'atlarini davom ettirib, mavzuli asarlar va o'yinchoqlarning yangi namunalarini yaratmoqdalar. Gjel ustalari ishlab chiqarayotgan chinni buyumlar o'simliksimon va geometrik shakl bezaklarining boyligi bilan ajralib turadi.
O'rta Osiyo xalqlari qadimdan o'zlarining zardo'zlik san'atlari bilan fahrlanadilar. Zardo'zlik uchun asosiy material zar iplar, baxmal kabilardir. Ustalar zar tikishning ikki turini qo'llashadi. Birinchisi, fonni zar bilan tikib to'ldirish va ikkinchisi, naqshlarni zar bilan tikib to'ldirish. Chevarlar ornamental va mazmunli kompozitsiyalarda ko'pincha o'simliklarni tasvirlaydi, gullar, barglar, bodom to'plari, paxta shularjumlasidandir. Keyingi vaqtlarda zargarlik buyumlarida jonli narsalar tasvirlanadigan bo'ldi.
Qadimdan zardo'zlik Buxoro va Samarqand shaharlarida keng rivojlangan. O'tgan yillar davrida zardo'z ustalariga sharoit yaxsliilanishi natijasida ularning ishlari ijodiy yo'nalish oldi. Natijada har xil sovg'a va ommaviy zardo'zlik buyumlari yaratila boshlandi. Hozirgi vaqtda zardo'zlik buyumlari Buxorodagi zardo'zlik maxsus fabrikasida ko'plab ishlab chiqilmoqda.