MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU QARSHI FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI 2 -BOSQICH KI 12-21 GURUH TALABASI MA’LUMOTLAR TUZULMASI ALGORITMI FANIDAN 8 amaliy ish
TOPSHIRDI NARZULLAYEV O
QABUL QILDI ABLAQULOV K
Mavzu: Daraxtsimon ko‟rinishdagi ma‟lumotlar tuzilmasini tadqiq qilish. Ikkilik daraxtsimon ma‟lumotlar tuzilmasini tadqiq qilish.
Ishdan maqsad: Talabalar daraxtsimon tuzilmalar, binar daraxtlarni e’lon qilish,
uning ustida amallar bajarish algoritmlarini tadqiq qilishlari va o’rganishlari kerak,
bu algoritmlarning dasturiy realizatsiyasini amalga oshirish ko’nikmasiga ega
bo’lishlari kerak.
Qo’yilgan masala: Binar daraxtning barcha oraliq tugunlari yozuvini chop etuvchi
dastur ishlab chiqing
Ishning vazifasi:
Binar daraxtlarni tashkil qilish. Ular ustida amallar
Qidiruv binar daraxti.
Tugunlarni qo’shish. Daraxt balandligi aniqlash.
Daraxt ko’ruvi, burash algoritmlari
Ish tartibi:
Amaliy mashg’ulot nazariy ma’lumotlarini o’rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism. 8.1. Daraxt ko’rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi haqida umumiy tushunchalar. Uzellar (elementlar) va ularning munosabatlaridan iborat elementlar to’plamining
ierarxik tuzilmasiga daraxtsimon ma‟lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Daraxt – bu shunday chiziqsiz bog’langan ma‟lumotlar tuzilmasiki, u quyidagi
belgilari bilan tavsiflanadi:- daraxtda shunday bitta element borki, unga boshqa elementlardan murojaat yoq.
Bu element daraxt ildizi deyiladi;
- daraxtda ixtiyoriy element chekli sondagi ko’rsatkichlar yordamida boshqa
tugunlarga murojaat qilishi mumkin;
- daraxtning har bir elementi faqatgina o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan
bog’langan.