Tatu samarqand filiali


Mavzu:Algoritmga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar  Ishdan maqsad



Yüklə 487,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix07.02.2022
ölçüsü487,85 Kb.
#52226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
algoritmga kirish fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy kursatma

Mavzu:Algoritmga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar 

Ishdan maqsad: Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi tuzilishdagi 

algoritmlarni o’rganish. 



Qo’yilgan masala: Topshiriq variantida berilgan masalani berilgan 

tuzilishdagi algoritmlar yordamida yechish. 



1.1.Algoritm tushunchasi 

Algoritm  so`zi  va  tushunchasi  IX  asrda  yashab  ijod  etgan  buyuk 

bobokalonimiz  Muxammad  al-Xorazmiy  nomi  bilan  uzviy  bog`liq  bo`lib,  uning 

arifmetikaga  bag`ishlangan  “Al  jabr  va  al-muqobala”  nomli  asarining  dastlabki 

betidagi  “Dixit  Algoritmic”  (“Dediki  Al  Xorazmiy”ning  lotincha  ifodasi)  degan 

jumlalardan kelib chiqqan. 

Al-Xorazmiy birinchi bo`lib o`nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda 

turli  amallar  bajarish  qoidalarini  asoslab  berdi.  Bu  esa  hisoblash  ishlarini 

ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. Chunki bu bilan o`sha davrda 

qo`llanib  kelingan  rim  raqamlari  va  sonlarni  so`z  orqali  yozib  bajarishdagi 

noqulayliklar bartaraf etildi. 

Dastlab algoritm deyilganda o`nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik 

amallar bajarish qoidalari tushunib kelingan. 

Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining kiritilishiga 

sabab bo`ldi. 

Algoritm nima? Umuman olganda uni aniq ta'riflash mushkul. Lekin algoritmning 

mohiyatini aniq va qat'iyroq tushuntirishga harakat qilamiz. 

Algoritm  deganda  biror  maqsadga  erishishga  yoki  qandaydir  masalani  yechishga 

qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi. 

Algoritmga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: algoritm deb aniq natijaga  olib 

keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi. 

Algoritmning xizmati nimadan iborat? 

Algoritmlar-bu  bilimlar  ustida  fikrlash  va  yetkazib  berishdan  iborat.  Haqiqatan 

ham  kimdir  qandaydir  masalani  yechishni  o`ylab  topib  va  uni  boshqalarga 




aytmoqchi bo`lsa, u holda u o`ylab topgan yechimini shunday tasvirlashi kerakki, 

natijada  boshqalar  ham  uni  tushunsin,  hamda  shu  tasvirga  ko`ra  boshqalar  ham 

masalani to`g`ri yechishsin. Shuning uchun tasvir bir necha talablarga bo`ysinishi 

kerak.  


Agar yechimning tasviri aniq bo`lmasa, ya'ni mujmal bo`lsa, u holda shu tasvirga 

asosan  boshqa  javobni  olish  mumkin.  Chunki,  har  kim  masala  yechimining 

tasvirini  noaniq  mujmal  joyini  o`zicha  aniqlashtirishi  mumkin.  Bunday  tasvirni 

algoritm  deb  bo`lmaydi.  Algoritmlarga  misol  sifatida  taomlar  tayyorlash 

retseptlarini,  formulalarni,  turli  avtomatik  qurilmalarni  ishlatish  yo`lini,  mexanik 

yoki  elektron  o`yinchoqlarni  ishlatish  bo`yicha  yo`riqnomalarni,  ko`cha  harakati 

qoidalarini keltirish mumkin. Algoritmga ba'zi bir misollar keltiramiz: 


Yüklə 487,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin