2. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro’yhatda
berilgan kalitdan katta
elementlarni toping.
3. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro’yhat eng kichik elementini
toping.
4. Ketma-ket va binar qidiruv usulidan foydalanib, A massivdan elementni
va taqqoslashlar sonini toping.
5. Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping.
6. Mashina raqamlari ro’yhati berilgan: 345, 368, 876, 945, 564, 387, 230. Binar
qidiruvdan foydalanib berilgan raqamli mashina qaysi joyda turganini toping.
7. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib ro’yhatda har ikkinchi elementni
qidiring va taqqoslashlar sonini aniqlang.
8. Binar qidiruvdan foydalanib massivdan berilgan kalitga karrali kalitli
elementni va solishtirishlar sonini toping.
9. Boshiga qo’yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng katta
elementi topilsin.
10. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda 11 ga butun bo’linuvchi eng
katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng
kattasini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot
chiqaring).
11. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda 11 ga butun bo’linuvchi eng
katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng
kichigini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot
chiqaring).
12. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari
ayrimasi 72 dan kichik bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar
ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday element
mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
13. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari bo’linmasi
juft son bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda
ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud
bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
14. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlar ayrimasi
juft bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda
ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud
bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
15. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda kerakli elementgacha bo’lgan
elementlarning o’rta arifmetigi 12 ga teng bo’lgan element topilsin. Agar bunday
element mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
16. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda 10 ga bo’linuvchi
maksimal elementni toping. Agar bunday element mavjud bo’lmasa – shunga mos
ma’lumot chiqaring.
17. Boshiga qo’yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng kichik
elementi topilsin.
18. Transpozitsiya usulidan foydalanib ro’yhatda qo’shni elementlari ayirmasi
juft va 3 ga bo’linadigan elementni toping. Agar bunday element mavjud bo’lmasa
– shunga mos ma’lumot chiqaring.
19. Boshiga qo’yish usulidan foydalanib ro’yhatda kerakli elementdan keyingi
elementlarning o’rtacha kvadratik qiymati 10 dan kichik bo’lgan elementni toping.
Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar
bunday element mavjud bo’lmasa – shunga mos ma’lumot chiqaring.
20. Transpozitsiya usulidan foydalanib har bir x element uchun tg(x)
qiymatini aniqlang va eng katta qiymatga ega bo’lgan elementni 1-o’ringa qo’ying.
21. Berilgan ro’yhatda qidirilayotgan element transpozitsiya usuli bilan qancha
murojaatda ro’yhat boshiga kelishini aniqlash dasturini tuzing.
22. Massivdan boshiga qo’yish usuli yordamida key kalitli elementni izlash
dasturini tuzing.
23. Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting.
24. Binar qidiruv usuli yordamida massivning key kalitli elementini o’chiring.
25. Ro’yhatda transpozitsiya usuli yordamida toq elementlarni topish dasturini
tuzing.
26. Berilgan massivda key kalitli elementni ketma-ket va binar qidiruv
usullari yordamida izlang va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini
aniqlash dasturini keltiring.
27. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan ketma-ket qidiruv usuli
bilan balli maksimal bo’lgan talabani toping.
28. Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli
yordamida so’ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing.
29. Boshiga qo’yish usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat massiv
elementlariga ko’p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang.
30. Transpozisiya usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat ro’yhat
elementlariga ko’p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang.