3.1. Tuzilma elementlarini saralash
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion
maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu
maqsadda ma’lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu
ma’lumotlarni kalitlari bo’yicha doimiy ko’rinishda mashina xotirasida
joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma’lumotlarni massivda kalitlari
bo’yicha o’sishi tartibida berilishi tushuniladi. Ma’lumotlarga qayta ishlov
berilayotganda ma’lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada
joylashishini (adresini) bilish zarur.
Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:
– tashqi xotirada saralash.
Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni
almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni
kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda
faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi. Bu usul
adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.
Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin
bir xil kalitlilar boshlang’ich tartibda qanday joylashgan bo’lsa, shu tartibda
qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi (Bir xil kalitlilar o’zlariga nisbatan).
Bunday usulga turg’un saralash deyiladi. Saralash samaradorligini bir necha
mezonlar bo’yicha baholash mumkin:
Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki
almashtirishlar sonini hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, N = 0,01n2 + 10n –
taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo’lsa, u holda ikkinchi qo’shiluvchi katta,
aks holda ya’ni, n > 1000 bo’lsa, birinchi qo’shiluvchi katta bo’ladi. Demak,
kichkina n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo’ladi, katta n larda esa n2 ga teng
bo’ladi.
Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo’ladi:
– ideal holatda.
Saralashning quyidagicha usullari bor:
iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar;
Qat’iy usullarning afzalliklarini ko’rib chiqaylik:
1. Bilamizki, dasturlarning o’zlari ham xotirada joy egallaydi. To’g’ridan-
to’g’ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo’lib, ular tushunishga oson.
2. To’g’ridan-to’g’ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy
xususiyatlarini tushuntirish qulay.
3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko’p amallarni bajarish talab
qilinmasada, ushbu amallarning o’zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha
katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar
tezroq ishlaydi.
Shu joyni o’zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta toifaga
bo’lish mumkin:
1. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);
2. To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);
3. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange).
6.2. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli bilan saralash algoritmi
Bunday usul karta o’yinida keng qo’llaniladi. Elementlar (kartalar) hayolan
“tayyor” a(1),...,a(i-1) va boshlang’ich ketma-ketliklarga bo’linadi. Har bir
qadamda (i=2 dan boshlanib, har bir qadamda bir birlikka oshirib boriladi)
boshlang’ich ketma-ketlikdan i-chi element ajratib olinib tayyor ketma-ketlikning
kerakli joyiga qo’yiladi.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish orqali saralash algoritmi quyidagicha bo’ladi:
for (int i=1;i
x=a[i];
x ni a[0]...a[i] oraliqning mos joyiga qo‘shish
}
Kerakli joyni qidirish jarayonini quyidagi tartibda olib borish qulay bo’ladi. 2-
elementdan boshlab har bir elementni qarab chiqamiz, ya’ni har bir element
o’zidan oldin turgan element bilan solishtiriladi. Agar qaralayotgan element kichik
bo’lsa, oldinda turgan element bilan o’rin almashadi va yana o’zidan oldinda
turgan element bilan solishtiriladi, jarayon shu kabi davom etadi. Bu jarayon
quyidagi shartlarning birortasi bajarilganda to’xtatiladi:
1. x elementi oldida uning kalitidan kichik kalitli a(j) elementi chiqqanda.
2. x elementi oldida element qolmaganda.
for (int i=1;i
int j=i;
while(a[j]
int t=a[j-1];
a[j-1]=a[j];
a[j]=t;
j=j-1;
}
}
Algoritm samaradorligi
Faraz qilaylik, taqqoslashlar soni C, o’rinlashtirishlar soni M bo’lsin. Agar massiv
elementlari kamayish tartibida bo’lsa, u holda taqqoslashlar soni eng katta bo’lib,
u
ga teng bo’ladi, ya’ni O (
^2)
O’rinlashtirishlar soni esa
xam3(1) ga teng bo’ladi, ya’ni O(
^2)
Agar berilgan massiv
o’sish tartibida saralangan bo’lsa, u holda taqqoslashlar va o’rinlashtirishlar
soni eng kichik bo’ladi, ya’ni Cmin =
=3
Dostları ilə paylaş: |