iborat qilib bo`laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli
Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko`rinib
turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo`laklay
ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko`rsatmalar uning uchun
tushunarli bo`lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi.
Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.
Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalar yoki buyruqlar
birikmasi mavjud bo`lib, u ijrochining ko`rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi.
Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko`rsatma ijrochining
ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`lishi kerak.
Ko`rsatmalarni ijrochining ko`rsatmalar tizimiga tegishli bo`ladigan qilib ifodalay
olishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, pastki sinfning a'lochi o`quvchisi “son
kvadratga oshirilsin” degan ko`rsatmani tushunmasligi natijasida bajara olmaydi.
Lekin “son o`zini o`ziga ko`paytirilsin” shaklidagi ko`rsatmani bemalol bajaradi.
Sababi, u ko`rsatma mazmunidan ko`paytirish amalini bajarish kerakligini
anglaydi.
3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko`rsatmalar aniq mazmunda bo`lishi kerak.
Chunki, ko`rsatmadagi noaniqliklar mo`ljaldagi maqsadga erishishga olib
kelmaydi.
Odam uchun tushunarli bo`lgan “3-4 marta silkitilsin”, “5-10 daqiqa qizdirilsin”,
“1-2 qoshiq solinsin”, “tenglamalardan biri yechilsin” kabi noaniq ko`rsatmalar
robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Bundan tashqari,
ko`rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Demak, ko`rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko`rsatilgan tartibda
bajarilishi shart ekan.
4. Ommaviylik. O`ar bir algoritm mazmuniga ko`ra bir turdagi masalalarning
barchasi uchun ham o`rinli bo`lishi kerak. Ya'ni, masaladagi boshlanQich
ma'lumotlar qanday bo`lishidan qat'iy nazar algoritm shu xildagi har qanday
masalani yechishga yaroqlidir.
5.
Natijaviylik. O`ar bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta
natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko`p bo`lsa ham baribir natijaga olib
kelishi kerak. Chekli qadamdan keyin qo`yilgan masala yechimga ega emasligini
aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko`rilayotgan jarayon cheksiz davom etib
natija bermasa, uni algoritm deb ayta olmaymiz.