1.3.Algoritmning turlari
Algoritmlarni asosan 3 turga bo`lish mumkin:
1)
Chiziqli algoritmlar;
2)
Tarmog`lanuvchi algoritmlar;
3)
Takrorlanuvchi algoritmlar.
1.3.1. Chiziqli algoritmlar
Chiziqli algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar tartib
bilan ketma-ket bajariladi. Demak, chiziqli algoritmlar sodda hisoblashlar yoki
amallar ketma-ketligidir. Chiziqli algoritmlarga misol qilib quyidagi formulalar
bo`yicha hisoblashlarni keltirish mumkin:
, b=s·n
1.3.2. Tarmog`lanuvchi algoritmlar.
Biror shartning bajarilishi bilan bog`liq ravishda tuziladigan algoritmlarga
tarmog`lanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmog`lanuvchi algoritmlar hisoblashlar
ketma-ketligini aniqlaydigan shartlarni o`z ichiga oladi. Blok-sxema ko`rinishida
bu shuni bildiradiki, blok-sxemada hech bo`lmaganda bitta romb ishtirok etadi.
Masalan: ko`chaga qanday kiyimda chiqishimiz ob-havoga, avtomatdan sharbatli
yoki mineral suv ichishimiz esa unga qancha so`mlik “jeton” tashlashimizga
bog`liqdir. Yuqorida keltirilgan “Svetofor” algoritmi ham tarmog`lanuvchi
algoritmga misoldir.
Dostları ilə paylaş: |