TAVSIFNOMA Berildj ushbu tavsifnoma Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 4-umumiy o'rta talim maktabi boshlanglch sinf o'qituvchisi Haydarova Zebiniso Boboqulovnaga.
Haydarova Zebiniso 1977 yil 22 yanvar Boysun tumani Tog`chi mahallasida ziyolilar oilasida tugligan. Miilati o`zbek ma'lumoti oliy. 2005 yil Termiz Davlat Universitetini tugatgan.
2000 yildan hozirgi kunga qadar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabida boshlang'ich sinf o'qituvchisi vazifasida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 19 yillik ish stajiga ega bo'lib, shundan 19 yili o'qituvchilik staji. O`qituvchilik ish faoliyati davomida maktabda ta'lim-tarbiyani yuqori pog`onaga ko`tarishda bevosita yetakchilik qilmoqda.
Haydarova Zebiniso maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars berib kelmoqda. O`quv yili davomida u dars berayotgan sinf o'quvchilari bilan muntazam shug'ullanib ularning faolligini oshirmoqda.
Pedagogik kengashlarda seminar, treninglarda faol qatnashib turli mavzularda chiqish qilib kelmoqda. Masalan "Maktabning ta'limini rivojlantirish" "Yangi ped texnologiya", "Texnologik xarita" shular jumlasidandir.
Sinfda ota-onalar bilan doim to'gri munosabatta bo'ladi.
Ular bilan xamkorlikda ish olib boradi. Ota-onalar yig'ilishlarini o'tkazib muammolarni birgalikda hal qiladi.
Milliy dastur "Ta'lim tog'risida"gi qonun, yangi pedagogik texnologiya asosida puxta rejali interfaol noan’anaviy usulida darslar o'tib, o'quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga harakat qilmoqda.
Haydarova Zebiniso inson sifatida xushmuomalaligi, mehnatsevarligi, mehribonligi bilan maktab jamoasi orasida hurmat topgan. Haydarova Zebinisoga maktab ma`muriyati o`z faoliyatini intiluvchanlik bilan davom ettirishiga ishonch bildiradi.
Maktab direktori: X.Mamanazarov