Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat
Tavsifnomanamunasi TATU Kompyuter injiniring
fakulteti 2- kurs talabasi
Akbar Rasulovga
Tavsifnoma
Akbar Rasulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugat- gach, 2019 - yilda 0‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.
0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita anjumanda qatnashdi. «0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining huquqiy asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori.
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega.
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.
A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma «Umid» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Manchestr universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi.
Dekan (F.I) (imzo)
Kasaba uyushmasi raisi (F.I) (imzo)
(muhr) (sana)
Bayonnoma Turli yig‘ilish, kengash va boshqa turli anjumanlaming borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘mi, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘gri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar ilmiy kengash, hay’at va boshqalar, shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar konferensiyalar, yig'ilishlar, komissiyalar faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak.
Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra, qisqa, to'liq, stenografik, konspektiv
va fonografik shakllarda bo‘lishi mumkin. Qisqa bayonnomada faqatgina kun
tartibi, ma’ruzachi va muzokara qatnashuvchilarning familiyasi va qabui qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsii bayon qilinmaydi. Bayonnomaning to‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha tashkilot yoki organning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Yig‘ilish stenografiyalashtirilayotgan (stenografik) yoki magnitafon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) bolsa, qisqa bayonnoma tuzilib,
stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova
qiiinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash usthati (agar bayonnoma tasdiqianishi zarur bo‘lsa)
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
g) so‘zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa)
11. Imzolar