Rezyume namunasi: Alloma Kamolova Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko'chasi 7-uy.
Tel: +998902220000; Alloma.kamalova@mail.uz Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlaganman va ilmiy darajaga egaman.
Ma’lumot: 2006-2008 Magistr, Biznesni boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz. Fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat)
2002-2006 Bakalavr, Menejment. Farg'ona Politexnika Instituti. Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi 86-uy. www.ferpi.uz Ish tajribasi: 25.01.2011 – 10.02.2014 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh., Shaxrisabz ko'chasi 1-uy. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
01.06.2008 – 28.12.2011 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-00
· Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash; treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;
· Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.
Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to'liq yozish, o'qish va muloqot qila olish.
Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power Point, Word, Excel); Internet
Qo'shimcha kurslar: 2011, Toshkent menejment markazi tomonidan tashkil qilingan 6-haftalik “Loyiha tuzish va boshqarish kursi”ni muvaffaqiyatli tamomlaganman.
Yutuqlar: 2008 O'zbekiston Respublikasi Presidentining davlat stipendiyasi sohibasi.