Tavsiyanom a



Yüklə 17,08 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü17,08 Kb.
#143249
tavsifnoma


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 1-o‘quv kursi 124-guruh kursanti, Abduraxmonov Toshmurod Dilmurodjon o‘g‘liga
T A V S I Y A N O M A
Safdor Abduraxmonov Toshmurod Dilmurodjon o‘g‘li Akademiyaga qabul qilingandan so‘ng o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata boshladi. Fanlarni puxta o‘zlashtirish, belgilangan kun tartibi va xizmat intizomiga amal qilish bilan bir qatorda, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Akademiya, respublika miqyosidagi ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan. O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi, tanlagan kasbining mas’ulyatini chuqur anglagan holda o‘z ustida muntazam ravishda izlanadi.
T.D. Abduraxmonov hozirda “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. U kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini puxta egallab kelayotgan kursantlar qatorida hisoblanadi. T.Abduraxmonov:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021-yilning
23-24-mart kunlari vazirlik akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni;
2021-yil 19-21-iyun kunlari Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqining qo‘shma qaroriga ko‘ra yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat hissini tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga nisbatan immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, Temurbeklar maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan respublika miqyosidagi “Yoshlar va qonun” tanlovida jamoa sardori sifatida ishtirok etib faxrli
1- o‘rinni;
2021-yil noyabr oyida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mehnat huquqi bilimdoni” respublika huquqiy tanlovida 2-o‘rin;
2021-yil dekabr oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ,,Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litseylari va Temurbeklar maktabi o‘rtasida o‘tkazilgan zakovat intellektual o‘yinida” jamoa sardori sifatida ishtirok etib 1-o‘rini;
2022-yil may-iyun oylarida adliya vazirligiva Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan talabalar va keng jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqiy savodxonlik” tanlovida 3-o‘rinni egallagan. 2021-2022 yillarda Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibi bo‘lgan. O‘nga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti sifatida 2023 yilning 10-12 iyun kunlari Toshkent viloyati Bostonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ittifoqining qo‘shma qaroriga ko‘ra yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat hissida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga nisbatan immunitetni shakllantirish, qonun buzilishi va korrupsiya holatlariga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan respublika miqyosidagi “Yoshlar va qonun” tanlovida jamoa sardori sifatida ishtirok etib 1- o‘rinni,
Davlat va huquq nazariyasi fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasining umumakademiya bosqichida 1-o‘rinni;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida boshqa turdosh ta’lim muassasalari bilan o‘tkazilgan“Konstitutsiya bilimdoni”, “Mardlar bellashuvi” tanlovlarida 1-o‘rinni;
Toshkent davlat transport instituti tashabbusi bilan Toshkent shahrida joylashgan huquqshunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovida Akademiya jamoasi a’zosi sifatida faxrli 1-o‘rini egallagan. Akademiya iqtidorli kursantlar kengashi a’zosi.
Safdor Abduraxmonov Toshmurod Dilmurodjon o‘g‘li bugungi kunda yurtimizda davlatimiz tomonidan yuritilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini to‘g‘ri anglagan holda olib borilayotgan islohotlarni qullab-quvvatlaydi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 1-o‘quv kursi 124-guruh kursanti safdor Abduraxmonov Toshmurod Dilmurodjon o‘g‘li “Ichki ishlar vazirligining Jaloliddin Manguberdi” va “Ichki ishlar vaziri” stipendiyasiga tavsiya etiladi.


Tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish va mukofotlash bo‘limi boshlig’i
mayor F.O. Toshtemirov
Yüklə 17,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin