Inson demografiyasi va uning o’zgarishi
Toshko’mir davrida iqlim omillarining og’irligi, ozuqaning yetishmasligi, yirtqich hayvonlarning xavfi, turli xil kasallaiklar, epidemiyalar inson umri qisqarishiga sabab bo’ladi. SHu vaqtda neandertal odam 30 yil, muzlik davridan keyin va mezolitda Homo sapiens bir oz uzoqroq yashagan. Ular yashagan joylarda inson soni kam bo’lib, og’ir ekologik sharoit bolalar o’limiga abab bo’lgan.
Antropolog olimlar ma’lumotiga qaraganda paleolit davrining boshlanishida, bundan 1 mln. yillar oldin insonlar faqat Afrika xududidagina yashagan va ularning umumiy soni 125 ming atrofida bo’lgan. Mezolit davrida insonlar soni 1 mln. yetadi. Ular Yevroosiyo xududida yashaganlar. Paleolit davri oxirida, bundan 25000 yillarcha avval neandertallar, kromanьonlar bir vaqda yashaganlar, ularning soni 3 mln. dan ortiq bo’lgan.
Neolit davrida birinchi demografik o’sish kuzatilgan, inson o’troq yashashga o’rganadi, uy-joy quradi, hayvonlarni qo’lga o’rgatadi, o’simliklarni madaniylashtiradi va ularning hayot sharoitlari yaxshilanadi.
Dunyoda odamlar soni dastlab 5 mln. atrofida bo’lgan, XVI asrda bu son 500 mln. ga ko’tariladi. 1850 yili 1 mlrd. ga yetishi uchun insoniyatga 250 yil rivojlanish kerak bo’lgan. Dunyoda aholi soni 1930 yili 2 mlrd, 1960 yili 3mlrd, 1986 yili 5 mlrd, hozirgi kunda 6,2-6,3 mlrd. ni tashkil qiladi. 1930 yildan shu kungacha ovro’paliklar 100 mln. ga, osiyoliklar esa 1 mlrd., ga ko’paygan. Taxminlarga qaraganda 2012 yilda yer yuzida 7 mlrd., 2050 yilda esa 13 mlrd. aholi yashaydi. Yer yuzida aholi soni o’sishi bilan ularning tabiiy muhitga salbiy ta’siri va muhitni ifloslanishi ortib boradi, tabiiy boylik ko’plab isrof bo’ladi, inson salomatligiga ta’sir etuvchi turli xavflar tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: |