4.Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi tarkibga ega bo‘lgan algoritmlar tuzish.
Tayanch iboralar: Algoritmning asosiy tushunchalari va uning xossalari. Ikki son uchun NOD ni topish algoritmi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan algoritmlar tuzish usullari, algoritmlarni tashkil qilish, tarmoqlash, takrorlash. Har xil sohalar bo‘yicha algoritmik hal qilib bo‘lmaydigan muammolar misollari.
Algoritm haqida tushincha
Algоritm so‘zi o‘rta asrlarda paydо bo‘lib, buyuk o‘zbek mutafakkiri Al-Xоrazmiyning (783-855) ishlari bilan Evrоpaliklarning birinchi bоr tanishishi bilan bоg‘liqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur taassurоt qоldirib algоritm (algoritmi) so‘zining kelib chiqishiga sabab bo‘ldiki, u Al-Xоrazmiy ismining lоtincha aytilishidir.
Algоritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma’lum tartib bilan bajarilishi kerak bo‘lgan chekli sоndagi buyruqlar ketma-ketligini tushuniladi.
Algoritm dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi.
Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi:
berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi;
jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi;
ko‘p sinfga oid masalalarga mos ko‘p dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi.
Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi.