Algoritm qaysi ijrochiga mo‘ljallab tuzilayotganligiga qarab quyidagi shakllardan birida ifodalanishi mumkin:
Algoritm qaysi ijrochiga mo‘ljallab tuzilayotganligiga qarab quyidagi shakllardan birida ifodalanishi mumkin:
1. Matn shakli; 2. Blok-sxema shakli; 3. Dastur shakli.
Algoritmlarni ifodalashning dastlabki ikkita shakli tabiiy tillar: matematik formulalar va simvollar vositasida ifodalanadi, uchinchi shakli esa sun’iy tillardan birida ifodalanadi.
Algoritmni ifodalashning eng ko‘p tarqalgan shakli bu matn shakli, ya’ni uni oddiy tilda so‘zlar bilan bayon qilish hisoblanadi.
So‘zlar yordamida tuzilgan algortmning ijrochisi inson hisoblanadi. Algoritmning matn shaklida har bir ko‘rsatma, jumlalar orqali buyruq mazmunida beriladi. Algoritmning bunday shaklidan odatda, kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilish algoritmlarini tuzishda foydalaniladi. Masalan, inson hayotida har kuni bajaradigan yumushlari, ya’ni har xil taomlar tayyorlash, choy damlash va hokazo algoritmlar so‘zlar yordamida ifodalanadi.
Umuman olganda, ixtiyoriy turdagi masalalarning algoritmlarini so‘zlar yordamida tuzish mumkin.
Umuman olganda, ixtiyoriy turdagi masalalarning algoritmlarini so‘zlar yordamida tuzish mumkin.
Masalan, aralash sonni noto‘g‘ri kasrga aylantirish algoritmi quyidagicha oddiy tilda tuziladi:
1) Sonning butun qismini mahrajiga ko‘paytiramiz va uni R1 bilan belgilaymiz.
2) R1 ga kasrning suratida turgan son qo‘shiladi va natija suratga yoziladi.
3) Kasrning mahraji o‘zgarishsiz qoladi.
Algoritmning blok-sxema shaklida ifodalanishi
Algoritmning blok-sxema shaklida ifodalanishi
Matematika masalalarini hisoblashda algoritmni blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash uni tushunish uchun qulaylik tug‘diradi. Blok-sxema ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanuvchi har xil bloklar ketma-ketligidan tashkil topadi. Algoritmning bajarilish tartibi ko‘rsatkich bilan ko‘rsatiladi.
Blok-sxemalarda algoritmning alohida bosqichlarini belgilash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: