2. Menejer va raxbarlik uslubi Menejer – bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshkarishning sir-asrorlari, konun -koidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshkaruvchi bo’lib, aloxida ijtimoiy katlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijoriya xokimiyatiga ega bo’lgan boshkaruvchi, direktor, raxbar, mudir, ma‘muriy boshkaruvchilari menejerlar deb yuritiladi.
Menejerlar boshkaruv poganasiga binoan uch toyifaga bo’linadi:
Yukori pogona menejerlari.
urta poғona menejerlari.
Kuyi pogona menejerlari.
Yukori poғona menejerlarifirma istikbolini belgilash, uning kelajagi uchun axamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chikarish bilan shugullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chikadi va uni amalga oshiradi.
urta poғona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chikarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovorlarni o’zlashtirish, texnologiyani ko’llash, mexnatni tashkil etish kabilarni boshkarish bilan shugullanadi.
Kuyi pogona menejerlari kuyi bo’ginda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriklarining bajarilishini boshkarib boradi.
Boshkaruv uslubi – bu boshkaruv jarayonida yuzaga chikadigan muammolarni xal kilish usullari, yo’llari majmuidir.
Ish uslubi – bu boshkaruv funktsiyalarini samarali bajarish maksadida biror-bir organning yoki raxbarning bo’ysunuvchilarga anik va nisbatan barkaror ta‘sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:
mamlakat boshkaruv organlarining ish uslubi;
vazirlik, ko’mita, xokimliklarning ish uslubi;
sud, prokuraturaning ish uslubi;
korxona, tsexlarning ish uslubi;
ayrim raxbarlarning ish uslubi va xokazolar. Boshkaruvning turli pogona va boskichlarida turgan boshkaruv organlari va raxbarlarining ish uslublari xar xildir. Shu nuktai nazardan ish uslubi goyat ko’p kirrali tushunchadir.