3. Raxbarning ish uslubi va uni boshkarishdagi roli. Raxbarning ish uslubi – bu boshkaruv jarayonida u yoki bu masalani xal kilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Raxbar karor kabul kilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va ko’l ostidagi kishilar ishini nazorat kilganda u o’z vazifalariga muvofik ish ko’radi.
Raxbarlik uslubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga karab, barcha raxbarlarni kuyidagi uch turga ajratish mumkin (8-jadval).
8- jadval. Raxbarlik uslubiga karab raxbarlarning turlarga ajratilishи
o’zini jamoadan uzok tutadi, jamoa a‘zolarini bevosita mulokotda bo’lishini chegaralab ko’yadi;
o’zining noo’rin xarakatlarining tankid kilinishiga chiday olmaydi;
o’°ziga bo’ysunuvchilarning xarakatlarini keskin ravishda tankid kilishni yaxshi ko’radi;
muttasil buyruk berishga, xammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;
ko’p gapirishni yoktirmaydi, lekin bo’ysunuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning raxbarlik gururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
o’зига бo’йсунувчилар олдида ковоги солинган кайфиятда bo’ladi.
Xullas, avtokratik raxbar o’ziga bino ko’ygan, dimogdor, o’z kobiliyati va imkoniyatlariga ortikcha ishonadigan, xukmini o’tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chikadi.
Bunday raxbar nazoratdan chetda kolsa, o’sha yerda dagallik, takabburlik, tazyik o’tkazish, majbur kilish kabi o’ta salbiy xolatlar avj oladi.
Birok avtokratik boshkaruv usulini xar jixatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba‘zi bir xollarda bo’ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloki pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish xam ish berib kolishi mumkin.