1. Til va nutq, til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari
eng yaxshi himoya nutqi tanlovini e’lon qilib, ularning namunalari berib borilmoqda. Jumladan, 2002 yilning 2, 3, 4-sonlarida advokatlar B.Salomovning 2001 yilning 29 yanvarida Qashqadaryo viloyat sudida, Sh.Egamning fuqaro I.Inomova, A.J.Polvonovning A.K.Sapayev ishlari yuzasidan so’zlagan himoya nutqlari keltirilgan. Jurnal tahririyati-ning bu harakatini sud sohasidagi islohotlarning amaldagi ko’rinishi sifatida baholanishi lozim va bu materiallardan huquqshunos-talabalar uchun dars jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqorida tilga olingan himoya nutqlari matni birmuncha keng bo’lganligi tufayli ularni bu o’rinda to’lig’icha keltirishning imkoni yo’q. Ammo himoya nutqiga til va uslub nuqtai nazardan qo’yiladigan talablarni sharhlashda ulardan bemalol foydalanish mumkin.
Himoya nutqi ham boshqa omma oldida amalga oshiriladigan oshkora nutqlar qatori o’z qurilishiga ega. Jumladan, nutq sud hay’atiga rasman murojaat qilish bilan boshlanadi. Nutqning maqsadi e’lon qilinadi. Aybning mazmuni, garchi sud jarayonida avval aytilgan bo’lsa ham, barcha tafsilotlari bayon qilinadi. O’zi himoya qilayotgan fuqaro sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyat qonunning qaysi moddasiga nisbatan tasnif qilinayotganligi yana bir bor ta’kidlanadi.
Shundan so’ng qo’yilayotgan ayb o’z tasdig’ini topgan-topmaganligi haqida o’z nuqtai nazarini ma’lum qiladi va ularni amaldagi qonunlarning tegishli moddalari bilan asoslashga harakat qiladi. Sudlanuvchining qonuniy huquqlari tergov va sudda buzilgan-buzilmaganligiga munosabat bildiriladi. Xulosada O’zbekiston Respublikasi JPKning 53-moddasiga asosan sud oldiga o’z talablarini qo’yadi. Jumladan, yuqorida tilga olingan A.J.Polvonovning 3 yashar J.Shukrullayevni traktorning orqa g’ildiragi bilan urib yuborib, yo’l-transport hodisasi sodir qilgan A.Sapayevni himoya qilish jarayonida so’zlagan nutqi oxirida sud hay’atidan quyidagilarni so’ragan:
1. A.Sapayevga nisbatan jazo tayinlashda O’zR JKning 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarni, aybini bo’yniga olib chin ko’ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchi vakilidan kechirim so’raganini, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanib kelib, ish va yashash joylaridan ijobiy tavsiflanganini, qaramog’ida voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari bo’lib, oilada yolg’iz boquvchi ekanligini, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bo’lib, boshqa mutaxassislikka ega emasligini e’tiborga olib, O’zR JKning 57-moddasini tatbiq qilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilmaslikni, yo’l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari va oqibatlari o’rtasidagi sababiy bog’lanish, ya’ni yosh bolaning ko’chada yolg’iz, qarovsiz qoldirilganligini, sudlanuvchining shaxsini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga olib, unga nisbatan O’zR JKning 266-moddasi 2-qismi bilan yengil jazo tayinlab, tayinlangan jazoni o’tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelib, JKning 72-moddasini qo’llab shartli hukm qilishni, qamoqda saqlash ehtiyot chorasini bekor qilib, sud zalidan qamoqdan ozod qilishni.
2. Dastlabki tergov davrida O’zR JPK normalari qo’pol ravishda buzilganligi, qonun normalari to’g’ri talqin qilinmaganligi, prosessual harakatlar qalbakilashtirilganligi uchun tergovchi Z.Nuriyevning dastlabki tergovda yo’l qo’ygan kamchiliklari ustidan JPKning 423, 476-moddalari tartibida xususiy ajrim chiqarishni.
3. Dastlabki tergovda O’zR JPK normalari qo’pol ravishda buzilib, sudlanuvchi A.Sapayev 2002 yilning 16 avgustidan 21 avgustiga qadar qonunga xilof ravishda ushlab turilganlik holati bo’yicha hozirda mening qo’limda tergovchilarning harakatlari ustidan keltirilgan shikoyat bo’yicha biron bir ma’lumot bo’lmasa-da, maslahat uyiga kirgan vaqtda ushbu holatni ham o’rganib chiqib tergovchi Z.Nuriyev mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanligi, tergov bo’limi boshlig’i R.Jumaniyazov esa qonun buzilishini bila turib harakatsizlik qilganligi uchun ulargi nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atish haqida ajrim chiqarishni. (Jurnal tahririyatining ma’lumot berishicha, masala xuddi advokat qo’yilgan talablar asosida hal etilgan. Xorazm viloyat sudi ishni appelyasion tartibda ko’rib chiqib, A.Sapayevga nisbatan O’zR Jkning 72-moddasini qo’llab hukm chiqargan va ehtiyot chorasi bekor qilinib, u qamoqdan ozod qilingan).
Sudlanuvchini himoya qilish jarayonida mana shu tarzda nutqning mazmunini bayon etiladi. Huquqbuzarlik yoki jinoyatni yuzaga keltirgan holatlarning mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi, sudda keltirilayotgan har bir ayblov va dalilga munosabat bildiriladi.
Bu o’rinda masalaning murakkabligi shundaki, hamma advokatlar ham haligacha sobiq tizim davridagi tazyiq ruhiyatidan tamomila ozod bo’lgan emaslar. Ularning boshqa bir qismida esa malakaviy mahorat yetishmaydi. Manfaatlar to’qnashuvi jarayoni esa himoya san’atini mukammal egallashni taqozo qiladi. Yana shunday holatlar ham bo’lib qoladiki, himoyachi qonunni yaxshi biladigan kishi sifatida sudlanuvchining aybini tan oladi. Shunday paytda ham insonparvarlik nuqtai nazaridan advokat o’z nutqini ayblanuvchi yoki sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarga qaratishi lozim bo’ladi.
Shayxontohur tumani huquq maslahatxonasi advokati Ђ.Namozov «Sudyalar himoyaga muhtoj» maqolasida juda ma’qul gaplarni yozgan: «Himoyamdagi Ђ.Xoldorov ayblanayotgani bois, qonun menga uning aybsizligini isbotlash vazifasini yuklamaydi. Men himoyachi sifatida aybnomada, hukmda tasvirlangan voqyeani tiklashga asos qilib olingan dalillarning qanchalik darajada qonuniyligini asoslasam, bas. Demoqchimanki, agar jinoyat hodisasi deb tasvirlanayotgan hodisani tiklashga xizmat qilayotgan dalillar qonunga mos ravishda yig’ilgan bo’lsa, tasvirlanayotgan hodisa –