I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/
BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022
Shartli hukm qilish tushunchasi va uning mohiyati Isomiddinov Otabek Muhammadqodir o‘g‘li O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 325-guruh kursanti
Annotatsiya: Ushbu maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi, shartli hukm qilish tushunchasi, mohiyati va uni ijro etuvchi organlar, ichki ishlar organlarining shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni tashkil etish haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Shartli hukm, jinoyat, kodeksiga, shaxs, kodeks, tushuncha.
Аннотация: В данной статье рассматриваются актуальность темы исследования, понятие, сущность пробации и организация контроля за поведением условно осужденных со стороны правоохранительных органов.
Ключевые слова: условное осуждение, преступление, кодекс, лицо, кодекс, понятие.
Annotation: This article discusses the relevance of the research topic, the concept, nature of probation and the organization of control over the conduct of probationers by law enforcement agencies.
Keywords: Conditional sentence, crime, code, person, code, concept.
Shartli hukm — jinoyat huquqida nazarda tutilgan jinoyat huquqiy choralardan biri.«Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga koʼra, agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʼnatish, xizmat boʼyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodiretilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʼtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, Shartli hukm qoʼllanishi mumkin»1. Shartli hukm qoʼllanilayotganda sud sinov muddati belgilaydi, ana shu muddat davomida Shartli hukm qilingan shaxs oʼzining xulqi bilan tuzalayotganligini isbotlashi kerak. Sinov muddati 1 yildan 3 yilgacha belgilanadi va xukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi». Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʼmondonligi nazorat olib boradi. Аna shu nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida hukm qilingan shaxsga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin. Shartli hukm oʼta ogʼir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek, ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganlarga nisbatan qoʼllanmaydi, 18 yoshga toʼlmagan shaxslar, I va II guruh nogironlari, ayollar, shuningdek, 60 yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.Shartli hukm agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʼnatish, xizmat boʼyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʼtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, shartli hukm qoʼllashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik toʼgʼrisida qaror chiqaradi.Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. «Basharti, shartli hukm qilish toʼgʼrisidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi»2.Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʼlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʼqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʼqish joyi oʼzgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda roʼyxatdan oʼtib turish, muayyan joylarda boʼlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʼlishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʼtashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.«Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʼmondonligi nazorat olib boradi.Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin»3.Аgar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʼllanilgan boʼlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʼgʼrisida ajrim chiqarishi mumkin.Shartli hukm oʼta ogʼir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʼllanilmaydi, oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʼyicha jazo tayinlaydi.Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga muofiq Probatsiya xizmati shartli hukm qilingan shaxslarni roʼyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi.Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda probatsiya xizmati sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat oʼtash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʼyicha tegishli boʼlimga yuboradi. «Harbiy qism (muassasa) qoʼmondonligi oʼn kunlik muddat ichida mahkum roʼyxatga olinganligi toʼgʼrisida, xizmatni tugatganidan keyin esa, joʼnab ketganligi toʼgʼrisida probatsiya xizmatiga xabar qilishi shart.Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya xizmatida hozir boʼlishi shart»4. Uzrli sababsiz hozir boʼlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʼliq yoki qisman bekor qilish toʼgʼrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir.Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʼyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʼgʼrisida sudga taqdimnoma kiritadi.Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom boʼlishi bilan tugatiladi va mahkum probatsiya xizmati yoki harbiy qism (muassasa) qoʼmondonligi roʼyxatidan chiqariladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasida nazarda tutilgan shartli hukm qilishning huquqiy (yuridik) tabiati boʼyicha bir qator huquqshunos olimlar turli xil fikrlarni bayon qilganlar. Аyrim huquqshunos olimlar shartli hukm qilishni mustaqil jazo turi sifatida koʼrib chiqish va jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazolar roʼyxatiga kiritish taklifini bildirganlar va mazkur taklifini shartli hukm qilishda jinoiy jazoning muhim belgilari saqlanib qolishi, yaʼni davlatning ayblov hukmi va bevosita majburlash xavfi mavjudligi, sinov muddati davrida shaxs sudlanganligi bilan izoxlaydi.
Ushbu muammoga M. Usmonaliev va Gʼ. Ermatovlar fikr bildirib, agar shartli hukm qilishni axloq tuzatish ishlari va ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari oʼrtasida turuvchi chora deb hisoblasak, jinoyat huquqining eng muhim printsipi boʼlgan bitta jinoyat uchun bitta jazo tayinlanadi degan printsip buzilgan boʼladi 5, deb hisoblaydilar.
Shartli hukm qilish jazo turi hisoblanmaydi, chunki shartli hukm qilish jazo turi hisoblanganda, aybdor shaxsga ikki marta jazo chorasi qoʼllanilishiga sabab boʼlar edi. Bu esa oʼz navbatida Oʼzbekiston Respublikasi amaldagi Jinoyat kodeksining 8-moddasida nazarda tutilgan odillik prinsipining qoʼpol ravishda buzilishiga sabab boʼlishi mumkin.