Tayanch soʻzlar



Yüklə 16,29 Kb.
səhifə2/2
tarix22.09.2023
ölçüsü16,29 Kb.
#147342
1   2
3-mavzu

Atributlar toʻplami kortejni (qator, yozuv, satr) hosil qiladi. Kortejlar toʻplami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) hosil qiladi. Relyatsion modelda fayllar oʻrtasidagi bogʻlanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bogʻlanishlar ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari boʻyicha oʻrnatiladi. Relyatsion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega. Har bir munosabat kalitga, ya’ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar toʻplamiga (tarkibiy kalit) ega. Qaralayotgan munosabatda kalit boʻlmagan atribut yoki atributlar guruhi boshqa munosabatda kalit boʻlsa, bu atribut yoki atributlar guruhi tashqi kalit deb ataladi. Agar biror jadval tashqi kalitga ega boʻlsa u xolda u:
a) mos birlamchi kalitga ega boʻlgan jadval bilan mantiqan bogʻlangan;
b) bu bogʻlanish birga koʻp xarakterda boʻladi.
Shunday qilib relyatsion model quyidagi asosiy tushunchalarga asoslanadi jadval, munosabat, satr, ustun, birlamchi kalit, tashqi kalit.
Ma’lumotlarning shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma’lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va ma’lumotlar bazasi ustidagi barcha amallar jadvallar ustiga amallarga oshiriladi. Har bir jadval ma’lumotlar bazasi tarkibida oʻz nomiga ega boʻladi, hamda satr va ustunlardan iborat boʻladi. Har bir jadval real dunyodagi ob’ektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob’ektning konkret nusxasini bildiradi. Relyatsion modelning har bir tushunchasini “Xodim” – mohiyati (ob’ekti) misolida koʻrib chiqamiz: Har bir ustun oʻz nomiga ega boʻladi va ustun nomi odatda jadvalning ustki qismida koʻrsatiladi. Uning nomi joriy jadvalda boshqa ustun uchun takrorlanmasligi kerak, biroq bu nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin. Ya’ni turli jadvallar bir xil nomli ustunga ega boʻlishi mumkin. Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega boʻladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan. Ixtiyoriy jadval shunday ustunga yoki ustunlarga (kalitga) ega boʻladi, undagi qiymatlar har bir satrni takrorlanmas qiymat bilan identifikatsiyalaydi. Atributlar qiymati eng kichik axborot birligi – domen yordamida koʻrsatiladi. Boshqacha aytganda domen – bu ob’ekt atributining mumkin boʻlgan barcha qiymatlar toʻplamidir. Yana ikkita tushunchani koʻrib oʻtamiz. Bu “daraja” va “kardinal son” tushunchalari. Munosabatlarning kardinal soni deganda kortejlar soni tushuniladi, munosabat darajasi – bu joriy munosabatning atributlar sonidir. Jadvallar oʻrtasidagi aloqa relyatsion ma’lumotlar modelining asosiy elementi hisoblanadi. Bu aloqa tashqi kalitlar yordamida qoʻllab – quvvatlanadi. MB da ma’lumotlar bilan birga ma’lumotlar lugʻati va boshqa ob’ektlar, masalan, ekran formalari, hisobotlar, tasvirlovchi formalar (views) va amaliy dasturlar joylashadi.
Savollar:

  1. Relyatsion model,

  2. Atributlar va ustun.

  3. Maydon.




1 Hector Garcia-Molina, Jeffrey D. Ullman, Jennifer Widom, Database Systems: The Complete Book, Department of Computer Science Stanford University, New Jersey USA, 2002, 61 p.

Yüklə 16,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin