Tayanch so‘zlar


Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va maqsadi



Yüklə 91,94 Kb.
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü91,94 Kb.
#165587
1   2   3   4   5
8-mavzu chala

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm.

Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va maqsadi.


Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona ryezidyentsiyalari va razvyedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir nyecha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va kyeng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib keladi.



1-rasm.


Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga ega bo‘ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kyerak bo‘lmaganda yo‘qotishdan iboratdir (2-rasm).
Axborotlar hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi.

Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.

2-rasm
Ilgarigi xavf faqatgina konfidyentsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.

Yüklə 91,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin