Tayyor mahsulot chiqish miqdorini hisoblash Reja



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə1/6
tarix26.09.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#149048
  1   2   3   4   5   6
Tayyor mahsulot chiqish miqdorini hisoblash


Tayyor mahsulot chiqish miqdorini hisoblash
Reja:


1. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish.
2. Tayyor mahsulot va uning baholanishi.
3. Tayyor mahsulotning xaridorlarga junatilishini hisobga olish.
4. Mahsulot sotishning sintetik hisobi.

1. Tayyor mahsulot deb korxonadagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tib bo‘lgan, oldindan tasdiqlangan standart va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichlariga rejalashtiriladi va hisobga olinadi.

Natura ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab miqdori, soni va og‘irligini tavsiflab beradi. Bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi.

Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitobalrni aks ettiradi. Tayyor mahsulot buxgalteriya hisobida uzining sorti, turi va joylashgan joyiga qarab aks ettiriladi. Joylashgan joyiga qarab tayyor mahsulot omborlardagi tayyor mahsulot, jo‘natilgan mol (tovar) lar va mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar) larga bo‘linishi mumkin.

Jo‘natilgan mol (tovar) lar deb xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan lekin uning uchun xaridorlar tomonidan xali puli to‘lanmagan, yo‘ldagi mahsulotga aytiladi.

Xaridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini kondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning urniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bulishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar uz javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilib olingan mol (tovar) lar deb nomlangan.


Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin