Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini
Misol. 30000ming so‘mga tovar sotilgan. Uning tannarxi -19500 ming so‘m.
tovar chiqib ketishining aks ettirilishi: Dt 4010 "Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 30000
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" 30000
tovar tannarxining hisobdan chiqarilishi: Dt 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" 19500
Kt 2910 "Ombordagi tovarlar" 19500
9020- schyot bo‘yicha kredit aylanasi va 9120- schyot bo‘yicha debet aylanmasining taqqoslanishi chog‘ida sotishdan olingan yalpi daromadni aniqlash mumkin, u tovarning sotish bahosi bilan xarid qilish qiymati o‘rtasidagi farqdir. Aniq davr uchun moliyaviy natija to‘liqligicha 9910- "Yakuniy moliyaviy natija" schyotida shakllantiriladi.
Savdo sub’ektlariga tegishli bo‘lgan idishlar hisobi 2950 -"Tovar solingan va bo‘sh idishlar" schyotida yuritiladi, bundan 0190 -"Boshqa asosiy vositalar" schyotida hisobga olinadigan asosiy vositalar alomatlariga javob beruvchi idishlar, shuningdek, 1060 -"Idishlar va idish materiallari" schyotida hisobga olinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan idishlar bundan mustasno.
2950 "Tovarlar bilan band va bo‘sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va bo‘sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlardan tashqari) naqdligi va harakati hisobga olinadi.
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo‘sh bo‘lgan idishlarning harakatini ularning tarkibi va bahosidan kelib chiqqan holda idishlar guruhi bahosi bo‘yicha o‘rnatiladigan o‘rtacha hisob bahosi bo‘yicha hisobga olishlari mumkin. Bunda idishlarni sotib olish bahosi bilan o‘rtacha hisob baholari orasidagi farq 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotida yoki 9490 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotida olib boriladi.
Tovar solingan idishlar mol yetkazib beruvchilardan tovarlar bilan birgalikda kelib tushishi chog‘ida idishlar qiymati hujjatlari alohida satrda ajratib ko‘rsatilgan holda quyidagi tarzda hisobga olinadi:
Dt 2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar"
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar".
Idishlar xaridorlar tomonidan qaytarilishi chog‘ida:
Dt 2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar»
Kt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
Xaridorlarga tovar bilan birgaliqtsa sotib yuborilgan, qaytarilmaydigan idishlar qiymati tovarlarni sotish kabi aks ettiriladi.
Misol. Idishlar qiymati ( 2000 ming so‘m) hisobga olingan holda 60000 ming so‘mdan iborat summaga tovarlar sotilgan. Sotilgan tovarning tannarxi - 45000 ming so‘m.
Sotishdan olingan daromadning aks ettirilishi:
Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 60000
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromad" 6000