Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Tayyor mahsulot balansda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlar va mahsulotni ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi haqiqatdagi yoki me’yoriy (rejali) ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha yoki bevosita xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladi. Tayyor mahsulotning haqiqatdagi tannarxini ko‘pincha faqat hisobot davri (oyi) nihoyasiga yetganidan keyin hisob-kitob qilish mumkin bo‘ladi. Mahsulotlarning harakati esa, ayniqsa yirik sub’ektlarda har kuni yuz beradi, shuning uchun joriy hisobga olish uchun ba’zan mahsulotning shartli bahosi-me’yoriy (rejali) miqdor qabul qilinadi. Oy oxiriga borib haqiqatdagi va me’yoriy tannarxlarni qiyoslash chog‘ida tafovutlar aniqlanadi. Tafovutlar sub’ekt tomonidan yo‘l ko‘yilgan tejash yoki ortiqcha xarajatlarni ko‘rsatadi, shu sababli ham ishlab chiqarish jarayonida uning ish natijalarini tavsiflaydi. Tafovutlar ayni tayyor mahsulotlar hisobga olinadigan schyotlarda hisobga olinadi va qizil storno bilan-tejash yoki oddiy yozuv bilan-ortiqcha xarajat yozib qo‘yiladi. Masalan, me’yoriy tannarx bo‘yicha hisobga olishlar chog‘ida oy oxiridagi ortiqcha xarajat aniqlanganda: Dt 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" Kt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish". Ishlab chiqarilgan mahsulotning sotilishi asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi, chunki mahsulotni sotish sub’ektning unga doimiy daromad keltiradigan asosiy faoliyati hisoblanadi. Sotish bahosi o‘z ichiga, ishlab chiqarish tannarxidan tashqari, foydaning muayyan me’yori va QQS ni (mazkur soliq to‘lovchilari uchun) olish kerak. Misol. Sotilayotgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi - 320000 ming so‘m, foyda mahsulot tannarxining 40%ini tashkil qiladi, bunda uning QQSni hisobga olmagan holdagi bahosi 448000 ming so‘mni (320000*40%=128000) tashkil qiladi. Mahsulot uchun haridor 448000 ming so‘m va 15% QQS bilan to‘lashi kerak. Mahsulotni sotish chog‘idagi buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi: Dt 4010 "Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 515200 ming so‘m Kt 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan olingan daromadlar" 448000 ming so‘m. Kt 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" (QQS) 67200 ming so‘m Yuklab jo‘natilgan mahsulot tannarxi 2810-schyot kreditida hisobdan chiqariladi: Dt 9110 "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi" 320000 Kt 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" 320000 Hisobot davrining oxirida daromadlar va xarajatlar 9910-schyotda yopiladi: Dt 9910- "Yakuniy moliyaviy natija" 320000 Kt 9110- "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi" 320000 va Dt 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" 448000 Kt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" 448000 9910-schyotdagi saldo boshqa daromadlar va xarajatlar schyotlari yopilganidan so‘ng sub’ektning xo‘jalik faoliyati natijasini (foyda yoki zararni) aks ettiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga binoan tayyor mahsulotni sotish chog‘idagi daromad, sub’ekt tomonidan yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun pul mablag‘larining olinganligi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar, tan olinadi. Yarmarkaga, ko‘rgazmaga yoki boshqa reklama ko‘riklari uchun jo‘natilgan tayyor mahsulot 2830-alohida schyotida aks ettiriladi: Dt 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot" Kt 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" Boshqa shaxslarga komissiya shartnomalari bo‘yicha berilgan tayyor mahsulot chiqib ketish schyotlari orqali aks ettirilmaydi, chunki mazkur holatda mahsulot oluvchisi (komissioner) uning sotuvchisi (komitent) nomidan sotilishi majburiyatni o‘z zimmasiga oladi va daromad mahsulotning uchinchi tarafga sotilishi paytida tan olinadi. Mazkur holatga egalik qilish huquqi u uchinchi tarafga sotilishi paytiga qadar uning sotuvchisi (komitent)da qolganligi uchun ham mahsulot uning balansida aks ettiriladi. Mahsulot komissiya shartnomasi bo‘yicha berilganda quydagicha yozuv amalga oshiriladi: Dt 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot" Kt 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" Faqat uning uchinchi tarafga sotilishi chog‘idagina sotuvchi (komitent)da ham mahsulotning sotilishi aks ettiriladi va mahsulot tannarxi 2830-schyot kreditidan hisobdan chiqariladi: Dt 9110 "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi" Kt 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot" Amalda har qanday tayyor mahsulotning chiqib ketishida (hisobdan chiqarilishi, buzilishi, kamomadi bundan mustasno) bu operatsiya 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti orqali, bir vaqtning o‘zida tayyor mahsulot tannarxini 9110-"Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi" schyotining debeti va 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyotining krediti bo‘yicha hisobdan chiqarishni aks ettirish orqali amalga oshiriladi. Misol. Qiymati 65000 ming so‘m bo‘lgan tayyor mahsulot boshqa sub’ektga qisqa muddatli qarz sifatida berilgan. Bunda quyidagi yozuvlar amalga oshirilishi zarur: chiqib ketishning aks ettirilishi (QQSni hisobga olgan holda- ushbu soliq to‘lovchilari uchun): Dt 5830 "Berilgan qisqa muddatli qarzlar" 74750000 Dt 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" 65000000 Kt 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar" (QQS) 9750000 tayyor mahsulot qiymatinig hisobdan chiqarilishi: Dt 9110 "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi" 65000000 Kt 2810 -"Ombordagi tayyor mahsulot" 65000000 Ishlar yoki xizmatlar boshqa sub’ektlar uchun ko‘rsatilishi (sotilishi) hollarida yozuvlar xuddi shu tartibda amalga oshiriladi, biroq mazkur holatda daromad 9030 -"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi, ishlar (xizmatlar) qiymati esa o‘sha zahotiyoq 2800 - tayyor mahsulotni hisobga olish schyotini chetlab o‘tgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish schyotlaridan (2010, 2310, 2710) 9130 - "Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi Mahsulotni realizatsiya qilish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tijorat xarajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sotish xarajatlarini hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: - temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ish xarajatlari; - mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari; ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochikdari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari eskirishi; gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari; -savdo reklamasi xarajatlari; -tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi; -o‘rash-joylash materiallari xarajatlari; -mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish xarajatlari; - mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari; - ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvch qismlarini o‘rnatish va saqlash, tuynuklar, o‘yikdar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar; -maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati; -umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘riqtsan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to‘lash; - kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari; umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati; sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar); ilgari ish joy bo‘yicha lavozim oklad miqdorini sakdagan holda boshqa tashkilotlar korxonalardan, shuningdek, vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigan okladlardagi farq; sovun, apteka, dori-darmon vositalarining qiymati; soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun); umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlashga va ta’mirlashga ajratmalar; bank xizmatlariga to‘lovlar. Yüklə 194,89 Kb. Dostları ilə paylaş: |