Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Tayyor mahsulotni hisob narxlari bo‘yicha hisobga olish Tayyor mahsulotning analitik hisobida narxlari sifatida quyidagilar ko‘llanilishi mumkin: rejali (meyoriy) tannarx; shartnomaviy (sotish) narxlari va boshqalar. Hisob narxlarining aniq variantini tanlash sub’ekt ixtiyorida bo‘ladi. Tayyor mahsulotni meyoriy tannarxi bo‘yicha baholashni ko‘p miqdorlarda va turkumli tusda ishlab chiqariladigan hamda keng nomenklaturadagi tayyor mahsulot tarmoqlarida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tayyor mahsulotning harakatini tezkor hisobga olishni amalga oshirishdagi qulaylik, hisob narxlarining turg‘unligi hamda rejalashtirish va analitik hisobda baholashga bir xildagi yondashuv mavjudligi bu variantning ijobiy tomonlari hisoblanadi. Hisob narxlari sifatidagi shartnomaviy narxlar asosan mazkur narxlarning barqarorligida qo‘llaniladi. Tayyor mahsulotni meyoriy tannarxi yoki shartnomaviy narxlar bo‘yicha hisobga olish uchun ko‘shimcha 2840-"Hisob qiymati bo‘yicha tayyor mahsulot" schyotini kiritish tavsiya etiladi, uning debeti bo‘yicha tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi, kredit bo‘yicha -meyoriy tannarxi aks ettiriladi. Hisob narxlarini aniklash usulidan qatiy nazar tayyor mahsu-lotshshg umumiy qiymati (hisob qiymati + tafovutlar) mazkur mah-sulotshshg haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga teng bo‘lishi lozim. Hisob bo‘yicha operatsiyalarni aks ettirish rasmsi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Yüklə 194,89 Kb. Dostları ilə paylaş: |