Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish



Yüklə 169,76 Kb.
səhifə28/36
tarix04.01.2023
ölçüsü169,76 Kb.
#78433
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini

17.3-jadval
Tayyor mahsulot va tayyor mahsulotlarni sotish jarayonidagi xarajat moddalarining tarkibi

T/r

Xarajatlar moddasi

1

Mahsulotlarni, tovarlarni tashish xarajatlari. Transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar

2

Xodimlarning sotish bilan bog‘liq mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ularning MHTFdan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar

3

Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalarni ijaraga olish, saqlash va ta’mirlash xarajatlari

4

Sotishda foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

5

Inventar va xo‘jalik anjomlarini hisobdan chiqarish hamda ularni yaroqli holatda saqlash xarajatlari

6

Gaz, yoqilg‘i va elektr energiyasi xarajatlari

7

Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari

8

Marketing va reklama xarajatlari

9

Tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning, mahsulotlarning yo‘qotilishi

10

Tovar idishlari, bir marta foydalaniladigan idishlarga xarajatlar va sotish bo‘yicha boshqa moddiy xarajatlar

11

Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari

12

Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari

13

Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash

14

Kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari

15

Sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar



Saqlash, ishlov berish, sortlarga ajratish
Tovarlarning sifati ko‘p jihatdan sotish paytida to‘g‘ri saqlanishiga bog‘liq. Bu ayniqsa oziq-ovqat, meva-sabzavot, dori mahsulotlariga taalluqli. Saqlash uchun:

  • tegishli sharoitlarga ega bo‘lgan tashkilotni jalb etishingiz;

  • o‘z kuchingiz bilan omborxona tashkil etishingiz mumkin.

Ikkinchi holatda u quyidagilarni o‘z ichiga oladigan kompleks xarajatlar moddasi bo‘ladi:

  • omborxona va zarur uskunalar (konditsionerlar, ventilyatorlar va mahsulotlar, tovarlarni joylashtirish uchun boshqa uskunalar) ijarasi yoki amortizatsiyasi;

  • elektr energiyasi, suv, omborxonani tozalash uchun to‘lanadigan haq;

  • mahsulotlar va tovarlar qabul qilinishi, joylashtirilishi, berilishi va but saqlanishini ta’minlash uchun omborxona xodimlarining ish haqi. Zarurat tug‘ilganda ular tovarni sortlarga ajratishlari yoki maydaroq turkumlarga qadoqlashlari ham mumkin;

  • omborxona xodimlarining ish haqidan YaIT;

  • boshqa xarajatlar.

Reklama va marketing xarajatlari
Ularning tarkibiga quyidagilarni kiriting:

  • mahsulotlarni ilgari surish va turli tashuvchilarda reklama joylashtirish xizmatlariga haq to‘lash. Ular bosma nashrlar, saytlar, bilbordlar, istalgan predmetlar va h.k. bo‘lishi mumkin;

  • manfaatdor shaxslar o‘rtasida tarqatiladigan mahsulot yoki tovarlaringiz reklama namunalarining qiymati;

  • boshqa xarajatlar.

Misol. Reklama xarajatlarini hisobga olish
Korxona reklama maqsadlarida:
o‘z mahsuloti haqida saytda e’lon berish uchun QQSsiz 3 000 ming so‘m to‘ladi;
1 000 ta ruchka va 1 000 ta bloknot xarid qildi, ularda o‘z korxonasining logotipini joylashtirdi. Ruchka qiymati – 5 ming so‘m, bloknot – 8 ming so‘m, logotip tushirishning umumiy qiymati – QQSsiz 300 ming so‘m; 
yillik ko‘rgazmada qatnashdi, unda bir birligining qiymati 80 ming so‘m bo‘lgan mahsulotning 50 ta namunasi, shuningdek logotipli ruchka va bloknotlarni tarqatdi.
Yuqorida biz keltirgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotida hisobga olinadi. Ushbu schyot tranzit schyot bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Uning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydani kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqdangan va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda ko‘llash uchun tavsiya etilgan Uzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-moddasiga va Uzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Soliq ko‘mitasining 1998 yil 4 yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqqa tortish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatan pul kelib tushishidan qat’iy nazar, jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o‘sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida 1998 yil 1 yanvardan boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar pulning qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, ular xaridor korxonalarga jo‘natilgan vaqtdan boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMAga muvofiq quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar tan olinadi:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining ancha qismini xaridorga topshirganida;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, odatda, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham saklab qolmaganida;

  • daromad miqdori ishonchli darajada baholanganida;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olish ehtimoli mavjud bo‘lganida;

  • bitim bilan bog‘liq qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar ishonchli darajada aniqlanadigan bo‘lganida.

Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan taqdirdagina tan olinadi. Daromadga kiritilgan miqdorni undirish xususidagi noaniqlik vujudga kelgan takdirda, qaytarilmagan miqdor yoki olish mumkin bo‘lmagan miqdordagi pul dastlab tan olingan daromad miqdorining o‘zgartirilishi sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘proq e’tibor berishga chaqiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Xaridorlar tomonidan to‘langan pul mol yetkazib beruvchi korxonaning hisob-kitob schyotiga kelib tushadi. Mol yetkazib beruvchi tashkilotlarning tayyor mahsuloti xaridorlar tomonidan shu mahsulotni tayyorlovchi korxonaning o‘zida bevosita qabul qilib olinsa yoki u mahsulot tranzit usuli bilan (ta’minot sotish tashkilotlarining ishtirokisiz) jo‘natilsa, mahsulotning xaridorga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va u moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Sotilgan mahsulot 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi.
9010, 9020, 9030-schyotlarning kreditida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mahsulot (ish, xizmat) lar sotishdan olinadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi.
Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -60000 so‘m
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 10000 so‘m
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad» - 50000 so‘m.
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-vedomostning 2-bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning schyotlari bo‘yicha sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010-schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-schyotlarning analitik ma’lumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-schyotlar yopiladi:
D-t 9010, 9020, 9030-schyotlar - 200000 so‘m
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» - 200000 so‘m.
Shu bilan birga, sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» - 130000 so‘m
K-t 9110, 9120, 9130 - 130000 so‘m.
Korxonalar o‘z mahsulotlarining sotilishini hisobga olish bilan bir qatorda mahsulot(ish, xizmat) lar uchun ko‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) ham hisobga olib borishlari shart.
Uzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi 1997 yil 5 dekabrda «Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovar (ish, xizmat)lar bo‘yicha ko‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» yo‘riqnomani ishlab chikdi va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya qilindi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy qoidalar, soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob’ektlari, soliqqa tortish
oborotlarini aniqlash, soliqqa tortish oborotlarini korrektirovka qilish, soliq imtiyozlari hamda stavkalari budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan ko‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura soliqni to‘lash muddati va h.k. larini takdim qilish, soliq to‘lovchilarning mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati batafsil bayon qilinadi. Yo‘riqnoma Uzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Uzbekiston hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma, tashkilotlarning hamma turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni operativ boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi.
Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilishicha tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlar ko‘shilgan qiymat solig‘iga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Uzbekiston Respublikasida xalqaro shartnomaga muvofiq aniqlanadigan o‘zining maqsadlari va oborot uchun foydalaniladigan ko‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilganlar bundan mustasnodir. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% stavkada to‘lanadi. Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS solig‘ining summasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan ko‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga taalluqli.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula buyicha aniqlanadi:
Sqqs = Stob * SS/100
Bunda: Sqqs - undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘langan summa ko‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot-faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha yozilishi shart.
Ba’zi korxonalar tayyor mahsulotni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgaliqtsa aksiz solig‘ini ham to‘lashi mumkin. Aksiz solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, bilvosita soliq sifatida budjetga to‘lanadigan soliqdir.
Aksiz solig‘i olinadigan tovarlar ro‘yxati va soliq stavkalari Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tabaqalangan holda belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi soliq stavkalari va aksiz solig‘i solinadigan tovarlar ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqib joriy etish huquqiga ega. Aksiz solig‘i solinadigan tovarning naturada haq to‘lash sifatida yoki bepul berilishi ham soliqqa tortiladigan ob’ekt hisoblanadi. Bunda soliq to‘lovchida tovarni berish paytida qaror topgan. Lekin bunday aksiz solig‘i solinadigan tovarning ishlab chiqarilishiga doir amalda tarkib topgan xarajatlardan past bo‘lmagan narxlar darajasida hisoblab chiqilgan qiymat soliqqa tortish ob’ekti hisoblanadi.
Aksiz solig‘i summasi quyidagi formulaga binoan belgilanadi.
(O x A) /100, bunda:
O - aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga oladigan, QQSsiz shartnomaviy (erkin) narx;
A - aksiz solig‘i stavkasi.
Aksiz markalari yopishtirilgan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i umumiy belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig‘ini to‘lash hisobiga hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobi haqidagi qonunlarga muvofiq berilgan xom ashyo mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida hisobga olinadi.
Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS va aksiz solig‘i hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -78000 so‘m
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 78000 so‘m.
QQS summasi budjetga o‘tkazib berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 78000 so‘m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 78000 so‘m.
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona sotilgan mahsulotining umumiy sotish hajmidan 0,7% miqdorida Pensiya fondiga ajratma qilishi shart. Korxonalarning Pensiya fondiga sotish hajmidan ajratma qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu fondning mablag‘larini ko‘paytirish, bu orqali xalqimizga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy himoya chora-tadbirlarini ko‘rsatishdan iboratdir.



Yüklə 169,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin