Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini
Misol. Chakana savdo sub’ekti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (so‘m hisobida).
Ko‘rsatkichlar
2920-schyot
2980-schyot
1. Oy boshiga saldo
15000000
4500000
2. Oy uchun aylanma, kirim
65000000
13000000
3. Hujjatlar bo‘yicha chiqib ketish (mol yetkazib beruvchiga qaytarish, hisobdan chiqarish va hokazo)
2500000
500000
4. Jami (1+2-3)
77500000
17000000
Tovarning yakuniy summasi - 77500000 so‘mni va mazkur tovarga bo‘lgan yakuniy savdo ustamasi - 17000000 so‘mni bila turib, 17000000 : 77500000 x 100% = 21,9%ga teng bo‘ladigan yalpi daromad yoki savdo ustamasining o‘rtacha foizini aniqlash mumkin.
Agar hisobot oyida sotilgan tovar summasi, masalan, 65000000 so‘mni, ombordagi tovar qoldig‘i - 12500000 so‘mni tashkil qilsa, u holda yalpi daromad yoki realizatsiya qilingan savdo ustamasi summasi: 65000000 so‘m x 21,9% = 14235000 so‘mni tashkil qiladi.
Jumladan, realizatsiya qilingan savdo ustamasining o‘rtacha foizini quyidagi formula yordamida ham aniqlash mumkin:
Bizning misolimizga tatbiqan:
O‘rtacha foiz (4500000+13000000-500000/65000000+12500000) x 100%= 21,9% ga teng.
Realizatsiya qilingan savdo ustamasini hisob-kitob qilish bunday usulining kamchiligi uning noanikdigidadir. Mazkur holatda savdo ustamasi summasi uning haqiqatdagi miqdoridan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin. Agar, misol uchun, realizatsiya qilingan tovarlar orasida o‘rtacha foiz bilan taqqoslaganda ustamaning ko‘p foiziga ega tovarlar, qoldiqda esa - kichik miqdordagi ustamaga ega tovarlar ustun tursa, yalpi daromad summasi kamaytiriladi.
Savdo ustamasining summasini har bir tovar nomining ro‘parasiga savdo ustamasining miqdorini foizlarda ko‘yib chiqqan holda inventarizatsiya chog‘ida aniklashtirib oladilar. Savdo ustamasi miqdorini barcha nomlar bo‘yicha tovarlarning qiymatiga
ko‘paytirib, inventarizatsiya xatlovi bo‘yicha umumiy summani hisob-kitob qilgan holda uni 2980-schyot krediti bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan taqqoslanadi. Bunda, agar xatlov bo‘yicha haqiqatdagi chegirma summasi hisobda aks ettirilganidan kam bo‘lsa, ayirma tuzatiladi: