Tayyorladi : Dilovar Eshnazarov Mavzu rejasi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə3/4
tarix07.11.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#67707
1   2   3   4
odam irsiyatini o\'rganishning dermotoglifika, geneologik, egizaklar, sitogenetik usullari

Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biri-ga nihoyatda o'xshash bo'ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xildagi genotipgaegadir, ular o'rtasidagi tavofutlar esa faqat muhit ta'siriga bog'liq bo'ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarda egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o'xshash bir xil yoki har xil jinsli bo'ladi.

Dermatoglifika usuli.

Dermatoglifika (derma — teri, gliyphe — chizish) usuli — qo‘l barmoqlari, kaft va tovon terisi relyefini o‘rganishdan iborat. Mazkur joylardagi epidermis tananing boshqa qismlaridan farq qilib, o‘ziga xos egatchalar yo‘llarini hosil qiladi. Qo‘l kaftidagi va tovondagi epidermis egatchalarining joylashish tartibi har bir shaxsda individual xarakterga ega, shuning uchun ham barmoq izlarini qog‘ozga tushirish ilgari imzo o‘rnida qo‘llanilgan.Dermatoglifikaning quyidagi turlari mavjud: a) daktiloskopiya (barmoq uchi rasmi); b) palmoskopiya (kaft rasmi); d) plantoskopiya (tovon rasmi)

Palmoskopiya — qo‘l kaftida chiziqlar, triradiuslar, ular orasidagi burchaklarni o'rganishdir. Triradiuslar (deltalar) — uch xil yo‘nalishdagi chiziqlarning to‘plashgan joyi. Ayniqsa, atd triradiuslari burchagi (ikkinchi barmoq asosida a triradiuslari, beshinchi barmoq asosida d triradiusi va bilakuzuk burmasi o'rtasida t triradiuslari orasidagi burchak) ko‘rsatkichi har xil xromosoma kasalliklarida katta ahamiyatga ega. Sog‘lom odamlarda atd triradiuslari orasidagi uchburchak 57°dan oshmaydi, Daun sindromida 80°, Klaynfelter sindromida 42°, Shereshevskiy-Terner sindromida esa 65°ga teng.

Plantoskopiya — tovondagi chiziqlar yo‘nalishlarini aniqlashga asoslangan.

Daktiloskopiya — eng ko‘p qo'llaniladigan dermatoglifika usuli bo’lib, q o‘ l barm oqlari chiziqlarini o‘rganishga asoslangan.

Barmoqlarda papillar chiziqlar yo‘nalishi asosan uch xil tipda:

yoysimon (A), sirtmoqsimon (L), o‘ramasimon (W) bo'ladi


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin