Tayyorladi : Dilovar Eshnazarov Mavzu rejasi

Yüklə 1,68 Mb.
səhifə2/4
tarix07.11.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#67707
1   2   3   4
odam irsiyatini o\'rganishning dermotoglifika, geneologik, egizaklar, sitogenetik usullari

Geneologik usul.

Mumkin qadar ko'proq odamlarning nasl-nasabini o'rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko'pgina belgi-lari, jumladan irsiy kasalliklarining nasldan-naslga o'tib borishini aniqlash mumkin bo'ladi. Odamning Mendel qonunlariga muvofiq nasldan- naslga o'tib boradigan belgilaridan bir nechtasi quyida misol tariqasida keltirildi.

Odamdagi qobiliyat, ist'edod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog'liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo'lgan iste'dod va qobiliyatlar. Ma'lumki, odamning genotipiga bog'liq bo'lgan u yoki bu ruhiy xusu-siyatlari, jumladan, iste'dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy muhitga bog'liq.

Ko'pgina kasalliklar resessiv holda nasldan-naslga o'tishi geneologik usul yordamida aniqlangan. Misol: qandli diabet, tug'ma karlik, gemofiliya, shizofreniya (og'ir ruhiy kasallik) ba'zi formalari. Faqat resessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan belgilana-digan irsiy kasalliklarni braxidaktiliya, ko'z shox pardasini ko'rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik kabilar ham geneologik usul yordamida nasldan-naslga o'tishi aniqlangan.

Egizaklar usuli.

Egizaklar usuli belgilarining egizaklarda rivojlanib borishini o'rganishdan iborat. Ma'lumki, odamda egizaklar ikki xil bo'ladi. Ba'zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan-kam hollarda uchta va hatto to'rtta) tuxum hujayra urug'lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin