Mikroiqtisodiyotnong asosiy kategoriyalari:talab va taklif
Tayyorladi: abdurasulov parvezjon
reja: 1.talab tushunchasi.Talab qonuni. Talabga ta’sir qiluvchi omillar. 2. taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga tasir qiluvchi omillar. 3.Bozor muvozanati.muvozanat turlari.
Talab turlari
Individual talab- alohida shaxs, oila va boshqa subyektlarning tovarlarning muayyan to’plamiga bo’lgan talabi
Bozor talabi-alohida istemolchilarning talablari yig’indisi
Talab darajasini belgilab beruvchi asosiy omil narx hisoblanadi. Boshqa sharoitlar oʼzgarmay qolganda narxning oʼzgarishi (pasayishi yoki koʼtarilishi) sotib olinadigan tovarlar mikdorining oʼzgarishiga (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi
Narx darajasi va sotib olinadagan tovarlar mikdori oʼrtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bogliqlik talab qonuni deyiladi
Real iqtisodiy hayotda shunday xolat xam yuz berishi mumkin, yaʼni ayrimtovarlarga narxlar oʼsishi bilan ularga boʼlgan talab kamaymasdan balki ortib boradi. Bu xolat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi Robert Giffen nomi bilan). R.Giffen kambagʼal oilalar kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni isteʼmol qilish xajmi ortib borishini kuzatib, bu samarani izohlab beradi. Uning sababi oddiy, narx oʼsganda kambagʼal oilalar goʼsht sotib olishdan umuman voz kechib, koʼp boʼlmagan daromadlarning barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi
Taklif - bu narxlarning mavjud darajasida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorga sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori. Narx oʼsishi bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori ham koʼpayadi, narx tushganda esa kamayadi. Bu oʼzaro toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliqlik taklif qonuni deyiladi.
Narxning muayyan darajasida talab va taklif miqdorining bir-biriga mos kelish holati bozor muvozanati deyiladi.