Avtomobilsozlikda ko‘p jihatdan yangi bo'lgan ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo'shma korxonaga asos solingandan boshlab ka
Avtomobilsozlikda ko‘p jihatdan yangi bo'lgan ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo'shma korxonaga asos solingandan boshlab katta e'tibor berildi.
Prezident E.Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «0‘zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo‘lish bilan birga 0‘zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Respublikada umumiy mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va boshqa sanoat korxonalari 1994-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston mashinasozligi sanoati uyushmasi ("Oʻzmashsanoat"), qishloq xoʻjaligi mashinalari va traktorsozlik korxonalari "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati koʻrsatish korxonalari Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("Oʻzavtosanoat"), elektrotexnika, radiotexnika sanoati korxonalari Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi ("Oʻzeltexsanoat") tarkibiga kiradi. 2002-yilda Oʻzbekiston Mashinasozlik sanoatida 716 dona kuchli tok transformatorlari, 35130 dona avtomobil (shu jumladan, 414 avtobus), 3148 dona traktor, 65 dona paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi
Shu tariqa O'zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil industriyasiga ega rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin oldi.
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari
to’g’risida so’z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi Uzbekiston