Muhammad Al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axbarot texnologiyalari Universiteti Nukus filiali Kompyuter injiniring fakulteti Dasturiy injiniring yo’nalishi 2-kurs talabasi
fan:ma`lumotlar tuzilmasi va algoritmlari
Tayyorladi:sh.tohir
TEKSHIRDI:jaksulikov.sh.A
Mavzu:Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi
Mavzu:Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi
REJA
1.Chiziqsiz malumotlar tuzilmasi haqida tushuncha va klassifikatsiyasi.
2. Chiziqsiz ro’yhatlarni mantiqiy tasvirlash
3.MA`LUMOTLAR TUZULMALARI
Chiziqsiz malumotlar tuzilmasi haqida tushuncha va klassifikatsiyasi
Chiziqsiz malumotlar tuzilmasi haqida tushuncha va klassifikatsiyasi
Agar tuzilmani tashkil etuvchi elementlar bog’liqligi qatiy tartiblanmagan bo’lsa, u holda bunday tuzilmaga chiziqsiz malumotlar tuzilmasi deb ataladi. Chiziqsiz malumotlar tuzilmasida elementlar orasidagi munosabatlar ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Chiziqsiz tuzilmani 3 ta farqli belgisi mavjud:
tuzilmani xar bir elementi boshqa ixtiyorij elementga murojaat qilish mumkin;
tuzilmani berilgan elementiga mazkur tuzilmaning ixtiyorij sondagi elementi murojaat qilishi mumkin;
murojaatlar og’irlikga, yani murojaatlar ierarxik ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Chiziqsiz malumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi:
ro’yxatlar: chiziqsiz ikki bog’lamli; ko’p bog’lamli;
graflar: yo’naltirilgan graf(orgraf);yo’naltirilmagan graf(graf); gipergraf.
Umuman olganda daraxtni xam jo’naltirilgan graf deyish mumkin.
Chiziqsiz ro’yxat va daraxt tuzilmalari
Murakkab tuzilishga ega bo’lgan ob’ektlarni qayta ishlovchi dasturiy tizimlarda har xil qism masalalar
Yechilishi mumkin. Vu holda har bir masala echilishida barcha ob’ektlar to’plamini emas balki uning qandaydir qismini qayta ishlanishini talab qiladi. Har bir qism ob’ektlar to’plamiga murojatni osonlashtirish uchun, har bir yozuvga qo’shimcha ko’rsatkichli maydon kiritiladi. Natijada, har bir elementi bir vaqtninig o’zida bir nechta bir bog’lamli ro’yhatlarga kiruvchi ko’p bog’lamli ro’yhat hosil bo’ladi.