Tayyorladi: Shukurullayeva Sarvinoz 1-savol Tabiatshunoslik darslarida tabiatga muhabbat, uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni


-savol: Tabiatshunoslikni o'qitishda bilimlarni puxta o'zlashtirish tamoyili qanday ahamiyatga ega?



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə4/6
tarix08.06.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#126989
1   2   3   4   5   6
Shukurullayeva Sarvinoz

5-savol: Tabiatshunoslikni o'qitishda bilimlarni puxta o'zlashtirish tamoyili qanday ahamiyatga ega?
Javobi:
Bu tamoyil olingan bilim larni, shakllantirilgan o ‘quv hamda ko'nikm alarni o'quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O'quvchilar bilimining puxta bo'lishi o'qituvchining ko'rsatib o'tilgan tamoyillardan o'quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog‘liq. Bilimlarni puxta bo'lishiga erishish uchun, awalo, o'quv yili boshlanishida ilgari o'tilgan materialni yangi bilimlarning o'zlashtirilishi ongli bo'lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko'proq bog'liq bo'lgan bo'limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o'zlashtirishning birinchi bosqichida o'qituvchi o'quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o'zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak. Chunonchi, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi (4- sinf) mavzusini o'rganishda o'quvchilar aw al o'lkadagi tabiiy www.ziyouz.com kutubxonasi sharoitning turli-tumanligi, keyin har bir zona bilan tanishadilar. Bu yangi fanlar kiritib borish imkoniyatini beradi, ular yordamida har bir zonaga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlar, jumladan, o'simlik va hayvonot dunyosi aniqlanib, o'quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtiruvchi qo'shimcha ma’lumotlar berib boriladi. Puxta bilimlarga erishishda ularni o'quvchilarning faol fikr yuritishlari asosida muntazamlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchilar yangi bilimlarni, ilgari o'rganilgan material bilan bog'lab, chuqurroq o'zlashtiradilar.
6-savol : O'qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo'ladi?
Javobi: O'qitishning individuallashtirish tamoyili. 0 ‘rta ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o'rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o'quvchisi muayyan axborot va individual xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o'zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko'rsatadi. Biroq o'qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o'zlashtirish darajasi bir xil bo'lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to'g'ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o‘xshashligi bo‘lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o'quvchi uchun o'zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi; 2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko'rgazmali va og'zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi; 5) o'quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to'g'risidagi bilimlarining sifati, og'zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o'ziga xosdir. O'qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o'quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o'rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak. O'qituvchining o'z o'quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o'quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o'rganib boradi. O'quvchilarning qanday o'zlashtirayotganligidan qat’i nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni o'zlashtirishga qiynalayotganlarga o'z vaqtida qo'shimcha yordam ko'rsatish zarur. O'qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va www.ziyouz.com kutubxonasi kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o'quv-tajrib* maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o'quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holds berishi kerak. 0 ‘quvchilarga individual yondashishga asoslangar o'qitish jarayoni o'quv materialining muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloqi) me’yorlarni singdiradi.

Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin