Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan taʼminlashdir. Bu soha oʻz navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Mashinasozlik sanoati tarmoqlari
energetika mashinasozligi,
elektrotexnika,
stanoksozlik va asbobsozlik
traktorsozlik
Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida XVII-asrda vujudga keldi, dastlab XIX-asrda Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada birinchi mashinasozlik zavodi XVII-asrda qurilgan.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik, toʻqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sanoatining salmogʻi katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Oʻzbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl, paxta tozalash va yogʻ zavodlarini taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927-yil noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931-yilda bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h. texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan "Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939-yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻzavtotexxizmat", "OʻzavtoVAZxizmat" ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati koʻrsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil in-dustriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolley-buslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, servis xizmatini yoʻlga qoʻyish, respublika xalq xoʻjaligining avtotransport texnikasiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda.
Respublika mashinasozlik tarmog’ida ko’plab korxona va birlashmalar ishlab turibdi. Bulardan asosiylari Toshkent Agrigat zavodi,Chirchiq kimyo mashinasozligi,TTZ,mamlakat sanoatida yetakchi tarmoq- mashinasozlikdir. Mashinasozlik sanoatida paxta teruvchi mashinalar,chigit ekuvchi, yigiruvchi, sug’oruvchi mashinalar, avtomobillar, samolyotlar va boshqa sanoat mmashinalari ishlab chiqariladi. 1996-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Andijon viloyatida ishga tushirilgan Uz DEU avto qo’shma korxonasi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston dunyoda avtomobillar ishlab chiqaradigan 28 ta mamlakatning biriga aylandi. Udhbu korxonada “ Nexiya, Tiko, Damas, Lasetti,Matiz” bugungu kunda GM O’zbekiston Amerika qo’shma korxonasi bilan hamkorlikda “Malibu, Epika,Captiva,Spark,Kobolt,Jentra va Ravon” avtomobillari (yiliga 270-280 ming dona ) ishlab chiqarilmoqda.
Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi. Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga toʻgʻri keladi. 90-yil boshigacha tarmoqning koʻpgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega boʻlgan. MDH mamlakatlari boʻyicha paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. 30-yillar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar Oʻrta Osiyoda yagona "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi tarmogʻida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat koʻrsatdi. Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bogʻdorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi.
Respublikada umumiy mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va boshqa sanoat korxonalari 1994-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston mashinasozligi sanoati uyushmasi ("Oʻzmashsanoat"), qishloq xoʻjaligi mashinalari va traktorsozlik korxonalari "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati koʻrsatish korxonalari Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("Oʻzavtosanoat"), elektrotexnika, radiotexnika sanoati korxonalari Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi ("Oʻzeltexsanoat") tarkibiga kiradi. 2002-yilda Oʻzbekiston Mashinasozlik sanoatida 716 dona kuchli tok transformatorlari, 35130 dona avtomobil (shu jumladan, 414 avtobus), 3148 dona traktor, 65 dona paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi.