Tayyorladi: umirova malika



Yüklə 18,24 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü18,24 Kb.
#203397
Umirova Malika 1-Amaliy topshiriq



TAYYORLADI: UMIROVA MALIKA
Mavzu:
Gap va so‘z birikmasi ustida ishlash darslari ishlanmasini
tuzish


Reja
1.Boshlang‘ich sinflarda
sintaksisga oid materiallarning
berilish tizimi, 
2. Gap ustida ishlash. 
3. So‘z birikmasi ustida ishlash. 


Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan
beriladigan bilimlar:1) amaliy o‘rganiladigan; 2) 
nazariy o‘rganiladigan turlarga bo‘linadi.
Sintaksis bilimlarni amaliy o‘rganish savod
o‘rgatish davridayoq boshlanadi va to‘rtinchi sinfda
ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda
“Bog‘lovsiz”, “Gap”, “Darak gap”, o‘quvchilarda
“His-hayajon gap”, “Sodda gap”, “Qo‘shma
gap”, “Gap bo‘laklari”, “Gapning uyushiq
bo‘laklari”, “Undalma” mavzulari nazariy
o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar
o‘rgatiladi. 



Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis
asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap
ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning
asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot,
sifat, son, olmosh, fe’l, ularning muhim
kategoriyalarning tilimizdagi rolini gap asosida bilib
oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasi ham gap
negizida egallaydilar. So‘zning leksik ma’nosi va
uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki
gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli
bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash
mumkin). 



“Gap“ mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi
bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi-
gap xaqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali
bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarini
o‘rganishga o‘tadilar. 

Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga
to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr
ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning
bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar
o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning
yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va
mazmuning asosini tashkil etadi. 



So‘z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang‘ich sinflarni
uning muhim belgilari idrok qilinadi.”So‘z birikmasi” atamasi
darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi
o‘quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari
zarur: 

1. So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki
so‘z. Masalan, Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar gapida ikki
so‘z birikmasi bor: 

1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar. 



Gap tarkibida so‘z birikmalarni ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida
shakllantirib boriladi.
Buning uchun o‘quvchilarning so‘z birikmasidan bir so‘zning boshqa so‘zga tobeligini tushunishga
qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi. 


So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda olib boriladi: 
1) So‘zbirikmasiga gap ichida gapning tarkibiy
qismi sifatida qaraladi; 
2) So‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi
sifatida qaraladi, masalan, soat-so‘z, oltinsoat, qo‘l
soat, osma soat, elektron soat-so‘z birikmalari. 


So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda
olib boriladi: 
1) So‘zbirikmasiga gap ichida
gapning tarkibiy qismi sifatida
qaraladi; 
2) So‘z birikmasiga
predmetning yoyiq nomi
sifatida qaraladi, masalan, soat-
so‘z, oltinsoat, qo‘l soat, osma
soat, elektron soat-so‘z
birikmalari. 
So‘z birikmasida bir so‘z hokim
ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. 
Hokim so‘zdan tobe so‘zga
so‘roq beriladi, tobe so‘z shu
so‘roqqa javob bo‘lgan
so‘zdir. Masalan, (qanday?)
iqtidorli o‘quvchilar (qayerga?) 
to‘garakka a’zo bo‘ldilar. Ega
va kesim so‘z birikmasi emas, 
ular gapning asosini tashkil
qiladi. 


E’tiboringiz
uchun rahmat!

Yüklə 18,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin