O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MUSIQA TA’LIM YO’NALISHI 304-GURUH TALABASI SAYFIYEVA YULDUZNING CHOLG’U ASBOBLARI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI XIX- ASR OXIRI XX- ASR BOSHLARIDA O'ZBEK MILLIY CHOLG’ULARI. CHOLG’ULAR TASNIFI MASALALARI. ANA'NAVIY MUSIQA CHOLG’ULARI: - NAY, QO'SHNAY, VA G’IJJAK CHOLG’ULARI. TORLI- KAMONLI CHOLG’ULARGA KIRADIGAN: -G’IJJAK, GIJJAK ALT, G’IJJAK BAS VA G’IJJAK KONTRA BAS HAQIDA MA'LUMOT. MAVZU: REJA:
Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan - o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri XX asrning birinchi yarmida paydo bo‘lib, bir necha o‘n yillarni o‘z ichiga olgan shakllanish, rivojlanish, mukammallashish jarayonini o‘z boshidan kechirgan. Tajriba sifatida kiritilgan talaygina cholg‘ular: hozirgi g‘ijjagimizning kattalashgan ko‘rinishlaridagi – g‘ijjak-bas, g‘ijjak-kontrabas, temperasiyaga solishning hech ilojisi bo‘lmagan an’anaviy qadimiy cholg‘umiz – surnay (lekin partiturada nomi saqlanib qolgan) amaliyotdan o‘tmasdan, o‘z-o‘zidan o‘sha davrda tuzilgan musiqiy badiiy jamoalarimizning asosiy tarkibidan chiqib ketgan. Lekin an’anaviy surnayimizni epizodik cholg‘u sifatida (karnay, sibizg‘a, changqobuz kabi) kompozitorlar partituraga kiritishgan, bundan keyin ham asarlarning maxsus, folklorga yaqin bo‘laklarida kiritishlari mumkin. Sanab o‘tilgan cholg‘ularning o‘rniga - g‘ijjak-qobuz bas, g‘ijjak-qobuz kontrabas yangitdan yaratilib amaliyotdan o‘tdi, surnay o‘rniga evropa cholg‘usi hisoblanmish – goboy yoki uning ham o‘rniga dirijyorlar bayan-akkordeon (tembr jihatidan yaqin registrlari borligi uchun) kabilarni O‘zXChO (O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri) tarkibiga kiritib kelmoqdalar.