Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Boshlang‘ich sinflarda - ―O‘qish‖ fanidan o‘qish tezligi bo‘yicha nazorat 
ishini o‘tkazishda o‘quv darsligidan 3 ta mavzu tanlab olinadi. Ekspert sinfdagi 
o‘quvchilarni uch guruhga bo‘ladi. Guruhlardagi ixtiѐriy o‘quvchilardan biri o‘z 
guruhi uchun mavzu tanlaydi. O‘quvchilar navbat bilan mavzuni o‘qib beradi. O‘qish 
jaraѐnida ekspert har bir o‘quvchining
1 daqiqada nechta so‘z o‘qiganini ―Nazorat ishi varaqasi‖ga belgilab boradi.
Ona tili (o‘zbek tili, rus tili) fanidan 2, 3, 4, 6, 7, 8-sinflarda nazorat ishi 
sifatida tekshiruv diktanti, 9-sinfda ijodiy baѐn, 10-11-sinflarda insho olinadi 
(amalda sinflar mavjud bo‘lgan holatlarda). Diktant matnidagi so‘zlar soni 
DTSlarida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Diktant va 
baѐnlar uchun 5 ta variantda nazorat ishlari tanlanadi. Insho uchun mumtoz adabiѐt, 
XX asr adabiѐti, hozirgi zamon adabiѐti janrlaridan va erkin mavzuda jami 4 ta 
yo‘nalish bo‘yicha (har biridan 4 tadan mavzuda) biletlar tayѐrlanadi va bir xil 
konvertlarga solinib, muhrlanadi.
Matematika, informatika va kimѐ o‘quv fanlaridan o‘tkaziladigan nazorat 
ishlari uchun o‘quv darsligining o‘tilgan mavzulari bo‘yicha kamida 8 ta variantda 
ѐzma ishlar tayѐrlanadi. Tayѐrlangan variantdagi misol va masalalarning umumiy 
soni 5 tadan (boshlang‘ich sinfda matematika hamda 10-sinfning (amalda mavjudlar 
uchun) informatika o‘quv fanidan tayѐrlangan biletlardagi misol va masalalar soni 3 
tadan) oshmasligi kerak. O‘quvchilar soni va partalarning joylashishiga qarab, 
guruhlar shakllantiriladi. Parta (stol)ning o‘ng tomonida o‘tirgan o‘quvchilar birinchi 
guruh, chap tomonida o‘tirgan o‘quvchilar ikkinchi guruh bo‘lib hisoblanadi. 
Keyingi qatorlarda o‘tirgan o‘quvchilar ham shunday guruhlanadi. Dastlab birinchi 
guruhdan, so‘ng ikkinchi guruhdan ixtiѐriy tanlangan bir o‘quvchi chiqib, o‘z guruhi 
uchun variant tanlaydi. Nazorat ishi test usulida olinadigan fanlardan o‘quv yilining 
tugallangan choragida o‘tilgan mavzular bo‘yicha ko‘p variantlilik asosida, muqobil 
javoblar soni 4 tadan iborat bo‘lgan test materiallari tayѐrlanadi.
Test materiallari ta’lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarini aniqlashda 
baholash vositasi sifatida foydalaniladi va sinflar kesimida o‘quvchilar soniga mos 
ravishda Komissiya tomonidan maxsus paketlarga joylashtiriladi va muhrlanadi. 
Paket test sinovlari o‘tkaziladigan sinfda ochiladi. Test savollari kitobining ichiga 


36 
namunasi keltirilgan javoblar varaqasi joylashtirilishi shart. Test savollari kitobidan 
bir necha bor boshqa ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va o‘quvchilaridan 
nazorat ishi olishda foydalanish mumkin. SHuning uchun o‘quvchilar test savollari 
kitobchasi bilan ishlaѐtganda uni buklamasligini, ruchka bilan bo‘yamasligi 
tushuntiriladi. Javoblar varaqasida muqobil javoblar soni 4 ta bo‘lgan A, V, S, D 
harflari mavjud. Nazorat ishi topshiraѐtgan bitiruvchi ѐki o‘quvchi test savolining 
berilgan javob variantlarining qaysi javobini to‘g‘ri deb hisoblasa, javob varaqasida 
ham shunga mos javobni belgilaydi. Javob varaqasida ikkita javob belgilansa, 
hisobga olinmaydi. Test materiallarining maxfiyligini saqlashga mas’ul attestatsiya 
komissiyasining raisi hisoblanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin