Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Ta’lim muassasasi pedagogik jamoalarining shaxsiy tarkibini hisobga



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Ta’lim muassasasi pedagogik jamoalarining shaxsiy tarkibini hisobga 
olish kitobi (6-satr) ga o‘qituvchilar birdan boshlab, tartib raqami o‘zgarmagan 
ketma-ketlikda umumiy tartibda raqamlanib kiritiladi. Ta’lim muassasasiga yangi 
ishga qabul qilingan o‘qituvchi jurnal bo‘yicha qo‘yilgan oxirgi tartibdagi raqam 
bilan belgilanishi va o‘qituvchilar haqidagi barcha kerakli ma’lumotlar qayd etilishi 
munosabati bilan har bir o‘qituvchiga kamida uch satr ajratilgan bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchilar haqidagi barcha ѐzuvlar tegishli hujjatlar bo‘yicha asoslanishi shart. 
O‘qituvchilarning attestatsiyadan o‘tganligi va malaka oshirganligi haqidagi 
ma’lumotlar davriy ravishda kitobga qayd etilishi lozim. Kitobning sahifalari 
raqamlanishi, tikilishi, ta’lim muassasasining rahbari tomonidan imzolanishi va 
muhrlanishi kerak. Mavjud tuzatishlar ta’lim muassasa rahbari tomonidan izohlanishi 
va imzolanishi zarur
Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari (7-satr) 
Daftarga tegishli hujjatlar asosida (ta’lim muassasasi bo‘yicha buyruq, sinf 
jurnalidagi ѐzuvlar, mehnatga laѐqatsizlik varaqasi va boshqalar) o‘qituvchilar 
tomonidan qoldirilgan dars va o‘rni to‘ldirilgan darslar qayd etiladi. Daftarga dars 
o‘tkazgan, o‘qituvchining imzosi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Daftardagi ѐzuvlarda ish 
vaqti va ish haqi hisobga olingan bo‘lishi hamda to‘ldiriladigan tabel ѐzuvlariga mos 


34 
bo‘lishi shart. Mazkur holatlarningto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va uning bajarilish 
sifati Komissiya tomonidan baholanadi.
Sinf jurnallari (8-satr)sinf jurnallarining yuritilishi bo‘yicha to‘liq 
ma’lumotlar kiritiladi (Sinf jurnallari asosan talab asosida yuritilgan. Har bir jurnalda 
fanlar uchun alohida betlar ajratilgan. Sinf o‘quvchilarini ismi, sharifi alfavit 
tartibida ѐzilgan. Joriy nazorat ballari, nazorat ishlariga ballar qo‘yilgan. O‘quvchilar 
XTVning 178-buyrug‘i bilan tasdiqlangan «5» ballik reyting baholash tizimi asosida 
baholanmoqda. ―O‘tilgan mavzu‖, ―Uy vazifasi‖ ustunida mavzular qisqa va aniq 
ѐzilgan.. ―Qoldirilgan dars soatlarini qayd etish‖ betida muntazam har kuni belgilab 
borilgan.. ―O‘quvchilar xaqidagi umumiy ma’lumot‖ga ajratilgan jurnal betlarida 
o‘quvchilar haqida to‘la ma’lumot berilgan. Sinf jurnallari maktab ma’muriyati 
tomonidan har ikki haftada, maktab direktori tomonidan oyda bir marotaba 
tekshirilgan va tegishli ѐzuvlar qayd etilgan).

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin