Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Maktabda metodik jaraѐnni muqobillashtirish vatexnologiyalashtirish



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Maktabda metodik jaraѐnni muqobillashtirish vatexnologiyalashtirish 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Metodbirlashma va umumta’lim muassasalarida 
pedagoglarning kasbiy rivojlanishga erishish darajasini ma’lum mezonlari bo‘yicha 
baholash odati, u ob’ektiv imkoniyatdan pastroq bo‘ladi (agar uning darajasi 
hammani qoniqtirsa, demak: maqsadga erishilgan, boshqa narsalarni yaxshilashga 
hojat yo‘q).
2. Natijalar o‘sishining taxminiy darajasini loyihalash (pedagog aniq kasbiy 
jihatdan qanday o‘sishi mumkin va shart, innovatsion jaraѐnda o‘zini qanday tutishi 
kerak va h. k.).
3. Belgilangan o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini tadbiq 
etish.
4. Jaraѐnlar va erishilgan natijalarni muqobil variantlar bilan qiѐslash, 
o‘qituvchi va rahbarlar ish me’ѐrlari bilan metodik ishga sarflangan vaqtni qiѐslash.
5. Maktab ichki metodik tizimining muqobillik darajasini tahlil qilish va 
xulosa chiqarish.
Uzluksiz metodik xizmatning ta’lim muassasasi pedagog kadrlari 
salohiyatini oshirishdagi ahamiyati  
Maktab ta’limida metodik ishlarni takomillashtirishdagi muammolardan biri 
ilg‘or pedagogik tajribalar va yangi innovatsion texnologiyalarni aniqlash, ularning 
didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda maktab amaliѐtiga keng joriy etishdan 
iboratdir. Bu maktab ta’lim jaraѐnini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish
pedagogik innovatsiyalarni izlash, ularni qo‘llash natijasida ta’lim samaradorligini 
oshirishga erishaѐtgan maktablarning tajribasida ham yaqqol ko‘rinadi.
Maktab jamoasida ijodiy muhit yaratish orqali pedagog xodimlar orasida 
tashabbuskorlik va yangilikka bo‘lgan qiziqishni oshirish eng muhim omildir. Bunda 
o‘qituvchilarning izlanuvchanlik faoliyatlarini rag‘batlantirish, ularni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.
SHu ma’noda maktablardagi metodik kengash va metodbirlashmalar ijodiy 
muhitni ta’minlovchi asosiy va birlamchi tuzilmadir. Zotan, bu bilan har bir 
pedagogning izlanishlarini aniq baholash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. SHu bois, ishni 
ushbu tuzilmalar faoliyatini takomillashtirishdan boshlash talab etiladi.
Maktabda ta’lim-tarbiya jaraѐnini boshqarishning ilmiy-metodik asosi 
hisoblangan uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun 
qanday vazifalarni bajarish kerak? – degan savolga javob berish ham pedagogika 
fanining muhim masalalaridandir. Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishning bosh 
bo‘g‘ini maktab pedagogik (metodik) kengashi va metodbirlashmalari faoliyatini 
tashkil etish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan metodik xizmatni 
takomillashtirish va uni tashkil etish haqidagi yangi tahrirdagi Nizomlarni to‘liq 
amalga oshirishga erishish uchun masalalarga ijodiy ѐndashuvish maqsadga 
muvofiq. Buning uchun, maktablardagi metodbirlashmalar ishini ilmiy asosda tashkil 
etish, ularni boshqarishga ijodkor, ilmiy izlanuvchi, yuksak kasbiy bilimga ega, 
tajribali innovator pedagoglarni jalb etish lozim.


41 
Maktabda an’anaviy usulda amal qilib kelinaѐtgan metodik xizmat 
tuzilmasiga kiruvchi pedagogik kengash, metodik kengash va metodbirlashmalar ish 
faoliyatlari ta’lim mazmuni modernizatsiya qilinaѐtgan bir davrga mos holda o‘z 
natijasini bermayapti.
Mazkur kengashlar bilan bir qatorda hozirgi kunda maktab faoliyatiga 
―Loyiha–maqsadli innovatsiyalarni takomillashtiruvchi birlashma‖, “Ilg‘or tajriba 
maktabi‖, ―YOsh mutaxassis maktabi‖, ―Muammoli ijodiy guruh‖ va ―Variativ 
birlashmalar‖ 
(―Maqsadli 
ko‘nikmalarni 
takomillashtiruvchi 
birlashma‖, 
―Maqsadli va nazorat-baholash ko‘nikmalarni takomillashtiruvchi birlashma‖, 
―Kommunikativ-rag‘batlantiruvchi ko‘nikmalarni takomillashtiruvchi birlashma‖, 
―Ilmiy-metodik ko‘nikmalarni takomillashtiruvchi birlashma‖) kabi yangi 
jamoatchilik birlashmalarni joriy etish lozim.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin