64
Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomda Davlat ta’lim standartlariga
muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini
ro’yobga chiqarish umumiy o’rta ta’limning maqsadi xisoblanadi. Umumiy o’rta
ta’lim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari
va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, kasb yo’nalishini va ta’limning
keyingi bosqichini tanlashga ko’maklashadi.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi 4 Kadrlar
tayyorlash tizimi rivojlantirishining asosiy yo’nalishlari 4,3. Ta’lim jarayonini
mazmunan isloh qilishda kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsplari
va mutaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy intelektual salohiyati hamda
umumbashariy qadriyatlariga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning
mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi deb takidlanadi.
Yuqoridagi pedagogik g’oyalar turli shakldagi ta’lim muassasalari ta’lim
mazmunini belgilashning asosiy yo’nalishlarni belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: