Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

O’quv reja 
Maktablarning o’quv rejasi davlat - hujjatidir. O’quv rejasi - barcha tipdagi 
maktablarda amal qilinishi lozim bo’ladigan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo’yicha 
o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va o’sha fanlar uchun ajratilgan barcha 
o’quv soatlari miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Maktablarning o’quv rejalari xalq ta’limi 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv rejasi deb, o’qitiladigan fanlar, o’qitilish uchun ajratilgan o’quv 
soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O’quv 
reja tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
1. O’quv rejasi o’quv - tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. 
Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olishga va 
mutaxassisliklarni mukammal egallashga o’rgatishdan iboratdir. 
2. Maktablarning birligi ya’ni uzluksiz ta’lim qoidalariga asoslanadi. Bular: 
(quyi ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, kasb 
hunar ta’lim, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, maktabgacha ta’lim 
va oilada ta’limning o’zaro bog’liqligi) tarzda amalga oshirishni ko’zlaydi. 
3. O’quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi, qaysi sinfda o’qitilishi, 
ajratilgan soati, bolalarning yosh va bilim saviyasiga qarab belgilanadi. Fanning 
hajmi, og’ir - yengilligi, didaktik ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O’quv rejasiga 
kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umum insoniy, milliy tarbiyaning maqsadi va 
vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta’limning ilmiyligi, g’oyaviyligi, 
amaliy qimmati hamda O’zbekiston kelajagiga munosib barkamol insonni tarbiyalab, 
voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat 
haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy tarbiya, sog’lom 
avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o’rinni egallaydi. O’quv rejasida tabiiy fanlar - 
tabiiy jo’g’rofiya, biologiya, fizika, astranomiya, ximiya, matematika va informatika 
markaziy o’rinni egallaydi. Ijtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona 
tili, xorijiy tillari, badiiy va san’at asoslari - adabiyot, tas’viriy san’at, musiqa va 
ashulla; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda mehnat ta’limni o’qitish uchun 
soatlar ajratiladi. Bulardan tashqari, o’quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa 


65 
matematika, informatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo’yicha ham 
o’quvchilarning qiziqishlarini qoniqtirishi, qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 
o’tkaziladigan fakultativ mashg’ulotlar ko’rsatilgan bo’ladi 
O’quv rejasi bazi bir maxsus o’quv maktablarida o’ziga xos ixtisoslikni 
mukammal o’rgatishga yo’naltirilgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, 
ajratilgan soatlarning faqlanishi bilan ajralib turadi. O’quv rejasida amaliy 
mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa amaliy faoliyatga tayyorlashga 
yo’naltirilgan o’quv - tarbiyaviy ishlar o’z aksini topadi. O’quv rejasi o’quv yilini 
choraklarga bo’ladi va ular orasidagi ta’til muddatlarini belgilovchi hujjatdir. 
 
O’quv dasturi 
Dasturda o’quv yili davomida har bir sinfda alohida fanlar bo’yicha 
o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab 
beriladi.Dasturda har bir fanning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum 
mavzular orqali ko’rsatiladi. 
O’quv dastur quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi. 
1. Dasturning qat’iyligi. Jamiyat taraqqiyotini ilmiy asoslab beradigan ya’ni 
fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishgan 
darajani aks ettirgan, uzoq vaqtga mo’ljallangan darsliklar yaratishni nazarda tutadi. 
2. O’quv dasturida ilmiylik. 
3. O’quv materiallari mazmunini to’g’ri tanlashda unda isbot, mantiqiy 
umumlashmaga alohida e’tibor beriladi. 
4. Nazariyaning amaliyoti bilna birligi qoidasi. 
5. Dastur ikki usul bilan, ketma - ket (muntazam) konsentrik (markazlashgan) 
tarzda joylashtirilishi mumkin. 
Markazlashtirilganda o’quv materiali o’qitishning keyingi bosqichida 
murakkablashgan ko’rinishda takrorlanadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin