Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Maktab ta’lim mazmuni nima va u qanday asoslarga ko’ra belgilanadi 
hamda amaliyotga joriy qilishda qanaqa muammolar mavjud? 
2. 
Nima uchun umumiy, mehnat va kasb ta’limlari o’zaro bog’liq olib 
boriladi hamda ularning aloqalarini yaxshilash sohasida qanday muammolarni hal 
etish darkor? 
3. 
Maktabning o’quv rejasi nima va uning mazmunini qanday tushunasiz?
4. 
O’qituvchilarning o’quv rejani o’zlashtirishida qanday muammolar 
mavjud va ular qanday hal etilishi mumkin? 
5. 
Maktabning o’quv dasturini qanday tushunasiz? 
6. 
Dastur tuzishda qanday qoidalarga amal qilinadi? 
4-mavzu: Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimlarini 
attestatsiyadan o‘tkazish 
( 2 soat amaliy mashg‘ulot) 
Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: tinglovchilarda Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasi pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 
bilimlarni rivojlantirish 
Amaliy mashg‘ulot frontal usuldan foydalaniladi
AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN NAZARIY MATERIAL  
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog 
xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidagi Nizomni mazmun 
mohiyati  


69 
“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan 
tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi  
( Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori) O‘quv 
fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy – 
siѐsiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirish;
ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;
xorijiy tillarni o‘rganishni qo‘llab-quvatlash;
kompyuter texnikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shu 
jumladan, Internet jaxon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash.
Attestatsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalari pedagog kadrlari uchun har besh yilda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari pedagog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Ishga yangi qabul qilingan kadrlar bir yildan so‘ng, oliy ѐki o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalrini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy 
faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi.
Mehnatga laѐqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat ―uch 
oydan ortiq‖ davolanaѐtgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish 
ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng 
attestatsiyaga jalb etiladi.
Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan 
tashqari davlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda-ta’lim muassasalari) rahbarlari 
attestatsiya muddatini bir oy oldin e’lon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan 
o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan 
tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari ѐki 
lavozimlari mazkur ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda 
saqlanadi.
Bunda xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka 
toifasi-etakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi-bosh o‘qituvchi lavozimiga 
tenglashtiriladi.
Pedagog kadrlar o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ma’lumotli ilmiy daraja 
olganligi ѐki qayta tayѐrlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda ko‘rsatilgan 
tayѐrlov, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik ѐki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar 
bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.
Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayѐrlov ѐki ta’lim yo‘nalishi, 
mutaxassislik ѐki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars beraѐtgan har bir o‘quv fani 
bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tuvchilarning har biri uchun 
alohida hujjatlar yig‘majildi tayѐrlaydi.
Hujjatlar yig‘majildida attestatsiyadan o‘tuvchining pasporti, diplomi, 
attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida olgan va amalda foydalanaѐtgan sertifikati (agar 


70 
mavjud bo‘lsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, ma’lumotnoma 
so‘ngi bir yil davomida o‘tgan darslarining tahlillari, ochiq darslar o‘tganligi 
xaqidagi ma’lumotlar, ta’lim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud 
bo‘lsa) to‘planadi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq ta’limi muassasalari 
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri (komissiya raisi), xalq 
ta’limi xodimlarini qayta tayѐrlash va ularning malakasini oshirish institutlarining 
ma’sul xodimi (komisssiya rais o‘rinbosari), tuman (shahar) xokimligining ta’lim 
sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, 
oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari raxbari 
(komissiya raisi), xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil 
etish tuman shahar bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba 
uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy 
toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin