Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Attestatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:  
Birinchi bosqichi - attestatsiyadan o‘tuvchilarning o‘quv fani bo‘yicha 
malaka sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati va mexnati samaradorligi ekspert 
guruxi tomonidan o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayѐrlanadi;
Ikkinchi bosqichi - attestatsiya komissiyalari tomonidan pedagog 
kadrlariningg xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siѐsiy bilimlarni aniqlash yuzasidan suhbat 
o‘tkaziladi, suhbat jaraѐni videotasvirga olinadi va berilgan savollar va javoblar 
maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarga qayd etiladi.
Suhbat jaraѐni: - xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarni bilishi hamda ijtimoiy-siѐsiy bilimlarini aniqlash 
yuzasidan o‘tkazilgan suxbat yakunlar orqali belgilanadi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan 
yig‘ilish vakolatli xisoblanadi.
Attestatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:  
A) oliy malaka toifali ѐki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr 
baholash mezonlarining har biridan:
75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, oliy 
malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin‖;
75 foizdan past ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi, birinchi 
malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin‖; B) birinchi malaka toifali 
ѐki etakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har 
biridan:
75 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, oliy 
malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin‖;
75 foizdan 65 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, 
birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin‖;
65 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi, 
ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) ga tushirilsin‖;
V) ikkinchi malaka toifali ѐki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr 
baholash mezonlarining har biridan:


71 
65 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – ―Attestatsiyadan o‘tdi, birinchi 
malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin‖;
65 foizdan 60 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa – ―Attestatsiyadan o‘tdi, 
ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin‖;
60 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi, 
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga 
tushirilsin‖;
G) mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi 
lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
60 foizdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, ikkinchi 
malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin‖;
60 foizdan 55 foizgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tdi, 
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi 
saqlansin‖;
55 foizdan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa - ―Attestatsiyadan o‘tmadi, 
mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga 
muvofiq emas‖.
Attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar 
ma’lumotli o‘qituvchi lavozmidagi pedagog kadrlar bo‘yicha ―Attestatsiyadan 
o‘tmadi, mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) 
lavozimiga muvofiq emas‖ qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka 
oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar 
bo‘yicha ―Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ѐki o‘rta maxsus kasb-hunar 
ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas‖ qarorini qabul qilsa, ish beruvchi 
tomonidan ular bilan tuzilgan mexnat shartnomasi mexnat qonunchiligida 
belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda 
baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa 
―Attestatsiyadan o‘tmadi‖ degan qaror qabul qilinadi.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi 
ѐki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi. Sertifikatning amal qilish muddati 
tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli 
o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy ѐki o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanaѐtgan pedagog 
kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatida ko‘rsatilgan malaka toifasi ѐki 
lavozimi bo‘yicha jalb qilinadi.
Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lmagan ishga yangi 
qabul qilingan pedagog kadrlarga ѐxud oliy ѐki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda 
malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli pedagog kadrlarga - o‘rta maxsus, kasb-
hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;
bakalavr darajasiga – mutaxassis ѐki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi;


72 
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy ma’lumot darajasi 
bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog 
kadrlarga – ikkinchi malaka toifasi ѐki katta o‘qituvchi lavozimi (ushbu malaka 
toifasi ѐki lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin);
fan nomzodi ѐki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga 
– oliy malaka toifasi ѐki bosh o‘qituvchi lavozimi (mazkur malaka toifasi ѐki 
lavozimi attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin).

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin